TOShKENT, 3 yanv — Sputnik. AQSh prezidenti Donald Tramp Afg‘onistondagi urushni SSSR barham topishi sababi sifatida ko‘rsatdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Rossiya Sovet Ittifoqi edi. Afg‘oniston tufayli u Rossiyaga aylandi, nega deganda, ular Afg‘onistonda urush qilib, bankrotga uchradilar", - deb bayonot qildi amerika yetakchisi FoxNews efirida.
Tramp, shuningdek, Sovet Ittifoqi toliblar tomonidan kelayotgan terrorizm tahdidi tufayli afg‘on kampaniyasini boshlab to‘g‘ri qilganini qayd etdi.
AQSh prezidenti hozirda Afg‘onistonda vaziyatni izga solish bo‘yicha Qo‘shma Shtatlardan tashqari, Rossiya, Hindiston va Pokiston shug‘ulanayotganini qo‘shimcha qildi.
SSSR Afg‘onistonga 1979-yilda qo‘shin kiritgan. Sovet qo‘shinlarining so‘nggi bo‘linmalari mamlakat hududini oradan o‘n yil o‘tgach tark etganlar. Sovet Ittifoqi 1991-yilda barham topgan.