Analitika

Integratsiya - Oʻzbekiston uchun boshi berk koʻchadan chiqish yoʻlidir - Iщenko

© Sputnik / Anton Kurilkin / Flagi Uzbekistana
Flagi Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekistonning bugungi holatini strategik tupik sifatida taʼriflash mumkin, deb hisoblaydi Rostislav Iщenko.

Bundan oldingi davlat rahbariyati yuritgan siyosat oʻz davrining haqiqatlariga mos kelmas edi, deb aytish boʻlmaydi. Toʻqsoninchi yillardagi Rossiyaning zaifligi va noaniq ichki siyosiy holati Oʻzbekistonga "qoʻshilmaslik" siyosatini olib borishga majbur etgan edi.

Baxrom Ashrafxanov: Uzbekistan ostanetsya strategicheskim soyuznikom Rossii - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Elchi: Oʻzbekistonning YEOIIga qoʻshilishi kun tartibidan oʻrin olmagan

Bir tomondan bu qisqa vaqt davom etgan "ajabtovur izolyatsiya" davriga olib kelgan edi. Ming yilliklar oraligʻida Oʻzbekiston Rossiya, AQSH, YEI tomonidan bildirilgan katta qiziqishdan foydalangan va har bir alohida holat, har bir alohida dastur boʻyicha hamkorlik shartlari boʻyicha savdolasha olardi. Boshqa tomondan, oʻrta istiqbolda bunday pozitsiya strategik tashabbusni yoʻqotib qoʻyishga, Toshkentning oʻz oʻzini izolyatsiya qilishiga va mintaqada haqiqiy siyosiy vazni pasayishiga olib keldi.

Shu bilan birga Oʻzbekistonning potentsial imkoniyatlari ulkan va shundayligicha qolmoqda. Oʻrta Osiyodan Gʻarbning siqib chiqarilishi natijasida, mintaqada Rossiya ishtirokidagi integratsion loyihalar ishtirokchilari ustuvorlikni egallamoqda. Tabiiyki, ular bu bilan iqtisodiy taraqqiy etish uchun yanada kengroq imkoniyatlarga ega boʻlmoqda - Rossiya bozoriga imtiyozli shartlar asosida kirib borish ular uchun raqobatbardosh ustuvorlik sanaladi.

Rossiya geosiyosiy pozitsiyalari qanchalik mustahkamlanib borishi sari, uning Oʻrta Osiyodagi ustuvorligi oshmoqda, shunday ekan milliy iqtisodlarni jadallik bilan rivojlantirishda YEOII, harbiy-siyosiy xavfsizlikni taʼminlashda esa ODKB (KXSHT) ahamiyati oshmoqda.

Ucheniya ODKB v Tadjikistane - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
ODKB-2019 oʻquv mashgʻulotlari Markaziy Osiyo xavfsizligini taʼminlashga qaratiladi - Putin

Mana shu nuqtai-nazardan "ajabtovur izolyatsiya" siyosati 2004-2005 yillarda oʻz ahamiyatini yoʻqotgan. Oʻshanda Toshkent siyosatining oʻzgarishi aniq dividendlarni olib kelishi mumkin edi. Ammo bir necha ikkilanishlardan soʻng oʻzbek rahbariyati oʻzining avvalgi pozitsiyasida qolishni afzal koʻrdi. Oʻsha vaqtdan buyon oʻz vaqtida yutuqli sanalgan siyosat (tashqi jihatdan sezilmasa-da) va mamlakat manfaatlari oʻrtasidagi jarlik tobora chuqurlashmoqda.

Oʻzbekiston aholisi soni uning iqtisodiga koʻra tezroq oʻsmoqda. Tunis stsenariysi asosida notinchlikni yuzaga keltiruvchi omillar ham koʻpaymoqda. Yaqin istiqbolda hozirgi rejim barqarorligini yetarlicha taʼminlash uchun harbiy-siyosiy koʻmak olish, iqtisodiy oʻsishni ortda qoldirayotgan aholi soni oʻsishi va tarkibi tobora yosharishi singari muammolarga yechimni Toshkent bugun faqat YEOII va ODKBga aʼzo boʻlish orqali hal eta oladi.

Ammo bu oson tuyulgani bilan, unday emas. Chunki bugungi kunda mintaqadagi taʼsir uchun Oʻzbekiston bilan raqobatlashib kelayotgan Qozogʻiston ushbu ikki tashkilot aʼzosi sanaladi. Shu bois, Ostona tashkilotga aʼzo boʻlish boʻyicha oʻtkaziladigan muzokaralarda Toshkentning raqobatbardosh imkoniyatlarini zaiflashtiruvchi talablarni ilgari surishi mumkin. Toshkent esa bunday talablarga koʻnishi amrimahol.

Ofitsialnaya vstrecha Organizatsii stran-eksporterov nefti (OPEK) - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Oʻzbekiston OPEKka kuzatuvchi maqomida qoʻshildi

Yaʼni Oʻzbekiston rahbariyati oʻzining "izolyatsiya siyosati"ni birdaniga integratsiya siyosatiga almashtirishi murakkab jarayon. Ammo mamlakatda tashqisiyosiy kursga oʻzgartirish kiritish singari boshqa imkoniyatlari ham mavjud. Toshkent yevroosiyo integrallashuv mexanizmi boʻlgan Shanxay hamkorlik tashkiloti aʼzosi (SHHT) sanaladi. Yaʼni bunda Oʻzbekiston anʼanaviy boʻlgan yoʻl(kichikdan kattarogʻiga) emas, balki umumiy integrallashuv modelidan alohida boʻlgan model sariga oʻziga yoʻl ochishi mumkin.

U SHHT doirasida qanchalik faollashsa, sheriklarning ham Oʻzbekiston bilan sobiq ittifoq integrallashuv loyihalarida hamkorlik qilishga qiziqishi shunchalik ortadi.

Yangiliklar lentasi
0