Mirziyoyev Yangi yil tabrigida nimalar haqida gapirdi?

© Ramiz BaxtiyarovPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ayni damda Oʻzbekiston diyorida Yangi 2019-yil mushakbozliklar bilan qarshi olinmoqda. Prezident soat 24.00ga bong urishi arafasida Oʻzbekiston xalqini kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabrikladi

TOSHKENT, 1 yanv - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev oʻz xalqiga Yangi yil tabrigini yoʻlladi.

Prezident barchaga ulugʻ boylik boʻlgan oilaviy baxt va salomatlik tiladi.

2018 yilda barcha sohalarda Oʻzbekiston xalqining fidokorona mehnati evaziga katta oʻzgarishlar amalga oshirilganini taʼkidladi.

Posol Rossii v Uzbekistane Vladimir Tyurdenev - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya elchisi: Oʻzbekiston rahbariyati 2019-yilga yaxshi nom tanladi

"Zamonaviy korxonalar, uy-joylar, yoʻllar, koʻpriklar qurildi. Taʼlim, tibbiyot, madaniyat va sport maskanlari barpo etildi. Xorijiy davlatlar, avvalo, yaqin qoʻshnilarimiz bilan doʻstlik va hamkorlik yanada kuchaymoqda. Oʻzbekistonning xalqaro nufuzini oshirish uchun salmoqli ishlar qilindi. Buning natijasini bugun har bir inson va oila, har bir jamoa oʻz misolida koʻrmoqda. Eng muhimi, odamlarimizning ertangi kunga ishonchi ortmoqda", - dedi prezident.

Shuningdek, davlat rahbari 2019 yilga Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili taraqqiyot uchun cheksiz imkoniyatlar eshigini ochishini qayd etdi.

"Ijtimoiy rivojlanish esa xalqimiz turmush darajasi va sifatini keskin oshirishga xizmat qiladi. Biz yurtimizda tinchlik va osoyishtalikni, millatlar va fuqarolar oʻrtasida totuvlikni taʼminlashga ustuvor ahamiyat qaratamiz. Xalq bilan muloqotni yuqori bosqichga olib chiqamiz.  

Tadbirkorlik va xususiy mulkni qoʻllab-quvvatlash ishlarini davom ettiramiz. Diyorimizni yanada obod va koʻrkam qilish asosiy vazifamiz boʻlib qoladi. Ehtiyojmand oilalar va yordamga muhtoj insonlarni himoya qilishga, aholi daromadlarini oshirishga eʼtiborni yanada kuchaytiramiz.  

Muhtaram faxriylar, opa-singillarimiz va yoshlarimizga gʻamxoʻrlik koʻrsatish doimo diqqatimiz markazida boʻladi.

Ushbu fayzli oqshomda barcha davlat va xalqlarga, xorijiy doʻstlarimiz, hamkorlarimizga ezgu tilaklarimizni yoʻllaymiz", - dedi Mirziyoyev.

Prezident oʻzbek xalqining barcha orzu-niyatlari ushalishini, farzandlar, nabiralar baxtu kamolini koʻrishlikni, goʻzal va betakror yurt tinch-osoyishta, olijanob, bagʻrikeng xalq hamisha omon boʻlishini istab tilak bildirdi.

Yangiliklar lentasi
0