Rossiya elchisi: O‘zbekiston rahbariyati 2019-yilga yaxshi nom tanladi

© Ramiz BaxtiyarovPosol Rossii v Uzbekistane Vladimir Turdenev
Posol Rossii v Uzbekistane Vladimir Turdenev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Diplomat, O‘zbekiston rahbariyati yil davomida yil nomlanishiga munosib ishlar amalga oshirilishiga ishonch bildirdi

TOShKENT, 30 dek - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentga murojaatida 2019-yilni "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili" deb e’lon qilgan edi.

Posol Rossii v Uzbekistane Vladimir Turdenev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Rossiyaga xush yoqish uchunmas, o‘z pozitsiyasiga ko‘ra ish tutadi - Turdenev

2018-yil yakuniga va yil davomida ro‘y bergan eng yorqin voqealar muhokamasiga bag‘ishlangan yakuniy matbuot-anjumanida Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev O‘zbekiston rahbariyatining yil nomi bilan bog‘liq qaroriga izoh berdi.

"O‘zbekiston rahbariyati investitsiyalar va ijtimoiy masalalarga bejiz to‘xtalgani yo‘q. Bu haqda Shavkat Miromonovich nafaqat Murojaatnomadagi nutqida, balki undan avvalgi chiqishlarida ham gapirgan. Investitsiyalarni jalb qilish masalasi - gap bu yerda faqatgina chet el sarmoyalari haqida borayotgani yo‘q, balki o‘zbek kapitalining mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilishi ham nazarda tutilmoqda - O‘zbekiston iqtisodiyoti taraqqiyoti uchun prinsipial ahamiyatga ega. Qolaversa, mamlakat o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari ro‘yobga chiqishi ham bevosita investitsiyalarga bog‘liq. Shu bois, men, 2019-yilga berilgan nomni ijobiy baholayman. Ishonamanki, O‘zbekiston rahbariyati yil nomi uning mazmuniga mos kelishi uchun astoydil harakat qiladi", - dedi Turdenev.

Yangiliklar lentasi
0