Olma-otadagi ko‘chalarning biriga Islom Karimov nomi berildi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishIslam Karimov
Islam Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentdagi eng uzun ko‘cha Islom Karimov nomiga ega

TOShKENT, 30 dek - Sputnik. Qozog‘istonning Olma-ota shahridagi ko‘chalarning biriga O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov sharafiga nom berildi. Bu haqda Kapital.kz nashri hokimlik matbuot-xizmatiga tayangan holda xabar tarqatgan.

Islam Karimov s suprugoy Tatyanoy Karimovoy - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov qayerda dam olishni yaxshi ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

Ta’kidlanishicha, deputatlar 185ta ko‘cha nomini almashtirish bo‘yicha qarorni qabul qilib, bu bilan nomlari takrorlanayotgan ko‘chalar masalasiga yechim topganlar.

Nomsiz yoki nomi bir-birini takrorlovchi ko‘chalar mahalliy aholiga ko‘plab noqulayliklarni tug‘dirgan. Misol uchun, tez tibbiy yordam yoki yong‘inni o‘chirish xizmati yoxud politsiya chaqirilgan vaqtlarda. Bunga qadar shaharning 349ta ko‘chasi bir xil nomga ega bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilning may oyida Toshkentdagi O‘zbekiston ko‘chasi Islom Karimov nomi bilan qayta nomlangandi.

U eng uzun ko‘cha bo‘lib, Toshkent poytaxtining beshta tumanini birlashtirib turadi.

Yangiliklar lentasi
0