Islom Karimov qayerda dam olishni yaxshi ko‘rgani ma’lum bo‘ldi

© Fond Islama KarimovaIslam Karimov s suprugoy Tatyanoy Karimovoy
Islam Karimov s suprugoy Tatyanoy Karimovoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Islom Karimov o‘zining qisqa ta’tillarini Toshkent yaqinidagi Qaynarsoy maskanida o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi.

TOShKENT, 24 sen – Sputnik. O‘zbekiston Birinchi prezidenti Islom Karimov o‘zining qisqa ta’tillarini Toshkent yaqinidagi Qaynarsoy maskanida o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqida Islom Karimov fondi xabar qildi.

“Odatda, yillik mehnat ta’tillari bir haftadan oshmasdi, shunda ham bu yil bo‘yi olinadigan ikki-uch kunlik qisqa tanaffuslar edi. Biz o‘sha kezlar toqqa, Toshkent yaqinidagi Qaynarsoy maskaniga chiqardik. U kishi mahalliy manzaralarni yaxshi ko‘rar, yurtimiz tabiati go‘zalligini benazir deb hisoblar edilar”, - Islom Karimovning rafiqasi Tatyana Karimovaning intervyulardan birda xabar qilgan edi.

Qaynarsoy Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida Sijak posolkasi yaqinida joylashgan. 

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Islom Karimovning ushbu fotosurati Toshkent viloyatidagi Qaynarsoyda 2016-yil olingan.

© Fond Islama KarimovaIslam Karimov
Islom Karimov qayerda dam olishni yaxshi ko‘rgani ma’lum bo‘ldi  - Sputnik O‘zbekiston
Islam Karimov
Yangiliklar lentasi
0