TOShKENT, 28 dek – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga budjet mo‘ljallari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq yagona soliq to‘lovi stavkasi soliq solinadigan bazaga nisbatan 4 foiz miqdorida belgilandi.
Bundan tashqari sohalar bo‘yicha yagona soliq to‘lovi stavkalari quyida keltirilgan:
- bojxona brokerlari – 5%;
- lombardlar – 25%;
- konsert-tomosha ko‘rsatishdan daromad oluvchi yuridik shaxslar – 5 %.
Umumiy ovqatlanish korxonalari joylashgan joyiga qarab:
- aholisi 100 ming kishidan ko‘p shaharlarda – 8%;
- boshqa aholi punktlarida – 6%;
- borish qiyin bo‘lgan va tog‘li hududlarda – 4%;
- ta’lim muassasalarida xizmat ko‘rsatuvchi umumiy ovqatlanish korxonalari – joylashgan joyiga qarab belgilagangan stavkaning 75 % miqdorida.
Chakana savdo sohasida soliq to‘lovchilar joylashgan joyiga qarab:
- aholisi 100 ming kishidan ko‘p shaharlarda – 4%;
- boshqa aholi punktlarida – 2%;
- borish qiyin bo‘lgan va tog‘li hududlarda – 1%;
- alkogol, tamaki, benzin, dizel yoqilg‘isi, siqilgan va suyultirilgan gaz realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar – 4 %;
- ulgurji savdo korxonalari – 4%.
Dorixonalar joylashgan joyiga qarab:
- aholisi 100 ming kishidan ko‘p shaharlarda – 3%;
- boshqa aholi punktlarida – 2%;
- borish qiyin bo‘lgan va tog‘li hududlarda – 1%.