TOShKENT, 27 dek - Sputnik. Davlat soliq qo‘mitasiga yangi rais tayinlandi, deb xabar qildi Soliq qo‘mitasi matbuot-xizmati.
Ushbu lavozimga soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelgan Behzod Musayev tayinlangan.
"Behzod Musayev mamlakatimiz Prezidentiga sodiq, keng dunyoqarashga ega, uzoqni ko‘zlovchi, tinmay izlanuvchan va oldiga hamisha strategik vazifalarni maqsad qilib kelgan yuqori malakali mutaxassisdir", - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, Musayev rahbarligida O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan joriy etilayotgan soliq tizimini liberallashtirish, tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, davlat soliq xizmati organlarini insofli soliq to‘lovchilarning ishonchli hamkoriga aylantirish yo‘lidagi islohotlar faollik bilan hayotga tatbiq qilinmoqda.