Putin va Mirziyoyev "soatlarni solishtirishdi" - Turdenev

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Vladimir Turdenev bugun, 28-dekabr kuni, OAV vakillari uchun matbuot-anjumani o‘tkazdi

TOShKENT, 28 dek - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev "soatlarini solishtirishdi", - deb qayd etdi Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Turdenev 2018-yil yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot-anjumanida.

Vladimir Turdenev, diplomat - Sputnik O‘zbekiston
Turdenev lunoxod yasashda yordam bergan o‘zbeklar hamda ilk fazogir Yuriy Gagarin haqida

Elchi jurnalistlar bilan birga yil davomida ro‘y bergan eng yorqin voqealarni muhokama qildi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Turdenev yakunlanayotgan yil O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarida turli voqeliklarga boy bo‘lganini aytdi.

"Bilasiz-ki, bu quruq gaplar emas. Biz azaldan Rossiya va O‘zbekiston munosabatlari strategik xarakterga ega ekanligi, ittifoqdosh, sheriklar ekanligimizni qayd etib kelamiz. Lekin oxirgi yillarda mana shu munosabatlar amaliy ma’no kasb eta boshlagani ham rost. Yakunlanayotgan yil bunga o‘zining salmoqli hissasini qo‘shdi", - dedi o‘z nutqi avvalida diplomat.

Turdenev bunday o‘zgarishlarga ikki davlat rahbarlari: Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyevning shaxsiy aloqalari, shaxsiy munosabatlari katta turtki berganligini qayd etdi.

"Xabaringiz bor, kuni kecha ham prezidentlar o‘rtasida navbatdagi muloqot bo‘lib o‘tdi. Ular bir-birini Yangi yil ayyomi bilan qutladilar, lekin men shuni ta’kidlashni istardimki, bunday muloqotlar, shunchaki protokol uchun amalga oshirilmaydi. Prezidentlar shu tariqa "soatlarni solishtirib turadilar", - dedi Turdenev.

Diplomatning aytishicha, bunday muloqotlar davomida ikkala tomonni qiziqtiruvchi masalalar ko‘tariladi. Xususan, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish yoxud qandaydir ikkiyoqlama, misol uchun Hukumatlararo komissiyalar uchrashuvi singari tadbirlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi masalalar muhokama etiladi.

Yangiliklar lentasi
0