2018 dekabrda Osiyo jurnalistlar uyushmasi Shavkat Mirziyoyevni “siyosat” nominatsiyasi bo‘yicha yil odami deb e’lon qildi.
Shavkat Mirziyoyev hokimiyat tepasiga kelishi bilan respublikani jiddiy o‘zgarishlar yo‘li bo‘yicha olib bormoqda. Mirziyoyevning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi ikki yil ichida fuqarolarni konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini ta’minlash va hayotlarini yaxshilashga qaratilgan 90 ta qonun va 2 mingdan ortiq qaror va farmonlar qabul qilindi.
Otlar yordamga muhtoj
Albatta, prezident asosiy e’tiborni iqtisodiyotga, undagi – xususiy tadbirkorlarga qaratmoqda.
Prezident o‘zi aytganidek, biznes – bu sigir emas, u og‘ir aravani sudrayotgan otdir.
Mantiqan, bu otga yangi yukni osib qo‘yish kerak emas, aksincha, unga milliy iqtisodiyotni oldinga tortishga ko‘maklashish zarur. Bu bilan Mirziyoyev shug‘ullanmoqda.
Valyuta liberalizatsiyasi o‘tkazilgandan keyin mamlakat hukumati ishbilarmonlardan boshqa cheklovlarni olib tashlamoqda.
Xususan, 2019-yilda tashqi savdo uchun ruxsatnoma olish bekor qilinadi, shuningdek, xususiy kompaniyalar o‘rtasidagi kelishuvlarni amalga oshirish tartibotlari jiddiy soddalashtiriladi. Bundan tashqari, prezident xorijdan investitsiyalarni jalb qilishga harakat qilmoqda. Salohiyatli sherik sarmoyadorlarga shaffoflik va daromad olish va’da qilinmoqda.
Buning natijasida O‘zbekistonning ko‘p tarmoqlarida ulkan ishlar boshlandi. Masalan, uy-joy qurilishi bo‘yicha sovet davri darajasiga chiqildi.
“Sovet Ittifoqining eng yaxshi davrida Toshkentda 1 million kv. m., O‘zbekistonda – 5 million kv. m. turar uy-joy foydalanishga topshirilgan. Yil hali yakuniga yetmadi, biz bu ko‘rsatkichlardan oshib o‘tdik”, - deb ta’kidladi 22-dekabrda bosh vazir Abdulla Aripov.
Nihoyat, prezident tashqi savdo tuzilmasini qayta shakllantirishga kirishdi.
Ekspertlar, anchadan berish mamlakat nafaqat xom ashyoni, balki qayta ishlangan mahsulotlarni olib kirishi zararligi ta’kidlab kelishgan. Ayniqsa qishloq xo‘jalik sohasida.
“Keyingi yil tekstil sanoati 1,9 milliard dollarlik mahsulot eksport qilishi kerak. 2020-yildan boshlab esa bir kilo paxtamizni chetga sotmaymiz. Hammasini o‘zimizda qayta ishlaymiz”, - dedi Mirziyoyev.
Eslatib o‘tamiz, mamlakatda bir yilda 3,5 million tonna paxta xom ashyosi va 1,2 million tonna paxta tolasi ishlab chiqariladi.
Bu xorij ishbilarmonlari va iqtisodiy institutlar tomonidan yuqori baholandi.
Dekabrda eng nufuzli Fitch va Standard & Poor’s agentligi O‘zbekistonga ilk bor suveren kredit reytinglarini berdi. Uzoq muddatli "BB-" va qisqa muddatli - "B".
Ko‘proq pul – ko‘proq erkinlik
Iqtisodiy islohotlarni siyosiy islohotlardan ajratgan holda olib borilmaydi. Ko‘p o‘tmishdagi rahbarlar siyosiy va ijtimoiy masalalarni parallel ravishda rivojlantirmasdan iqtisodiyotni modernizatsiya qilishga urindi. Bunga eng yorqin misol - Eron shoxi.
Boshqalar esa gaykalarni tezroq burashgan. Amalda esa ko‘p joylarda, ikkala usul (kurs) ijtimoiy g‘alayonlar va inqiloblarga olib keldi.
O‘zbekiston prezidenti bu tajribani hisobga olmoqda. "Shavkat Mirziyoyev – Gorbachev emas. Unda, Gorbachevdan farqli ularoq, aniq reja bor", - deydi mashhur rossiyalik biznesmen Alisher Usmonov. Bu reja mamlakatning ijtimoiy-siyosiy haytini asta-sekin liberalizatsiya qilishdan iborat.
Tabiiyki, prezident ayrim amaliyotlardan qutulishga urinmoqda. Shunday qilib, mamlakatda ”ekstremistlar qora ro‘yxati” deb nomlangan masala nihoyat hal qilindi.
Boshida Mirziyoyev bu ro‘yxatlar mavjudligini tan oldi, keyin dekabr oyi boshida ro‘yxatdan 20 ming kishini chiqarib tashlanganligini ma’lum qildi. Shu oy yakunida esa bosh prokurorning o‘rinbosari Erkin Yo‘ldoshev bunday amaliyot bekor qilinishi haqida gapirdi.
Bundan tashqari, mamlakatda viloyat va mahalliy hokimiyat rahbarlari almashtirildi.
“Islohotlar albatta eskicha yashash, eskicha ishlashga o‘rganib qolgan ayrim mansabdorlarga yoqmaydi. Buniyam ochiq aytishimiz kerak. Chunki o‘zgarish, yangilanish ularning tinchi va oromini, huzur-halovatini buzadi. Lekin hayot davom etar ekan, hayot talabi bo‘lgan islohotlar ham izchil davom etishi muqarrar. Bu haqiqatni va talabni barcha darajadagi rahbarlar chuqur anglab olishlari zarur”, - dedi O‘zbekiston yetakchisi.
Albatta o‘zgarishlar aholi bilan muloqotsiz amalga oshirib bo‘lmaydi. Ular o‘z muammolari haqida hokimiyatga ma’lum qilish imkoniyatiga ega bo‘lishlari kerak.
Prezidentda virtual qabulxona mavjud. 2018-yil 20-apreldan internetda "Mening fikrim" sayti ishlamoqda. Unda o‘zbekistonliklar turli masalalar bo‘yicha shikoyat va takliflarni bildirishlari mumkin.
Agar bu petitsiyalar yetarli miqdorda ovoz to‘plasa (tuman xalq deputatlari uchun – 1000, viloyat uchun – 5000 va parlament uchun – 10 000) ular ko‘rib chiqish uchun davlat organlariga yuboriladi.
Nihoyat, samarali tashqi siyosat barqarorlikning eng muhim omili hisoblanadi.
Ma’lumki, islohotlar tinchlik va osoyishtalikni talab qiladi, bunga ayniqsa Markaziy Osiyo mintaqasida erishish oson emas.
Biroq Mirziyoyev bunga erishishga harakat qilmoqda – shuning uchun Toshkent tinchliksevar va ko‘p vektorli siyosatni amalga oshirmoqda.
O‘zbekiston prezidenti qo‘shnilar bilan munosabatlarni yaxshilashga harakat qilmoqda va shu vaqtning o‘zida barcha qudratli davlatlar bilan aloqalarni rivojlantirmoqda.
Aynan shuning uchun Toshkent Xitoy bilan yaqin iqtisodiy, AQSh bilan siyosiy, Rossiya bilan harbiy-siyosiy munosabatlarni parallel ravishda olib bormoqda.
Bu turli sivilizatsiya loyihalari orasida joylashgan mamlakat uchun juda to‘g‘ri yondashuv.