TOShKENT, 27 dek — Sputnik, Dmitriy Matveyev. Yangi yil kirib kelishiga sanoqli kunlar qoldi. Bu bayramga nafaqat rossiyaliklar, balki mamlakatda yashab kelayotgan Markaziy Osiyo davlatlari – O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari ham tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Sputnik ulardan yilning asosiy kechasini qayerda va qay tarzda nishonlashlari, dasturxonga qaysi taomlar tortilishlari va yaqinlariga qanday sovg‘alar hadya qilishlari bilan qiziqib, o‘z savollariga javob oldi.
Yangi yil va Navro‘z – ikkalasi ham birdek
Eron va turk xalqlarining 21-mart kuni nishonlaydigan Yangi yilga o‘xshash bayrami bor. Lekin, Peterburgda istiqomat qiluvchi talaba Bobomurov Qurbonovning ma’lum qilishicha, bu ham tarixiy nuqtayi nazardan, ham mazmun jihatdan mutlaqo turli bayramlar.
“Yangi yil O‘zbekistonda sobiq ittifoq hududidagi barcha davlatlardagi singari oilaviy bayram sifatida nishonlanadi. Zeroki, barcha odatlar Sovet ittifoqi davrida shakllangan ekan, shundan kelib chiqib, hamma joyda tantanalar bir xil”, - deydi Bobomurodov.
Markaziy osiyolik migrantlar har ikki sanani o‘zgacha nishonlaydilar.
“Navro‘z – bu bahor bayrami, Yangi yil esa o‘z o‘rnida qish chillasidir! Tojiklarga Yangi yil kechasini Navro‘z bayramidek yorqin va xursandlik bilan kutib olishlariga hech narsa xalaqit bermaydi. Rossiyada bo‘lgani kabi, biz ham olivye salati tayyorlaymiz, mandarin xarid qilamiz, xonadonimizni bezatib, bayram kayfiyatini ko‘taramiz. Va albatta, sovg‘alar bo‘ladi, ularsiz hech narsa bo‘lmaydi, axir” – dedi Sputnik᾽ga tojikistonlik talaba Ganjina Karimova.
Talabalarning gapiga mehnat migrantlari ham qo‘shilishdi. O‘zbekistonlik xonalarni pardozlovchi Murat Shorahimovning so‘zlariga ko‘ra, ikki bayram birdek: Navro‘z – bu sevimli milliy bayram, Yangi yil esa, ayniqsa, Rossiyada – yaqinlar yoki do‘stlar davrasidagi umumiy tantana.
O‘z navbatida diniy qoidalarga amal qiluvchi Begali Mirzoxo‘jayevning ishonchi komilki, O‘zbekistonda Yangi yil deb hisoblash mumkin bo‘lgan bayramlar haddan ziyod. Bu yaxshi emas.
“O‘ttiz birinchi dekabr – taqvim bo‘yicha Yangi yil, 21-mart – Navro‘z, va yana Islom dinidagi yangi yil 1 muharram oyi bor (bu sana har yil o‘zgaradi – tahr.). Mustaqillik kunini ham shu sanaga tenglashtirishimiz mumkin. Faqat Xitoy Yangi yili kamlik qiladi”, - deydi Begali. Diniy e’tiqod sababli na Navro‘z, na Yangi yil bayramini shaxsan nishonlamasligini qo‘shimcha qildi.
Markaziy Osiyo migrantlari Yangi yilni qayerda nishonlaydilar
Aksriyat talabalar va mehnat migrantlari Yangi yilni vatanida emas, balki Sankt-Peterburgda nishonlashni afzal ko‘rishadi. Nafaqat peterburgliklar, balki boshqa shaharda yashovchi kishilar ham shu yerda sovg‘alar xarid qilishadi.
“Men hamisha sovg‘ani Rossiyada – Surgutda sotib olaman. Men o‘sha yerda yashayman. Har yili men sovg‘alarni, avvalo, o‘g‘limga beraman. Bayram dasturxoni uchun hamma narsani xarid qilib bo‘ldim. Men anchadan buyon Rossiyani o‘z vatanimdek qabul qilaman”, - deb e’tirof etadi tojikistonlik Habib Pirov.
O‘zbekistonlik talaba Regina Orziyeva u va uning tanishlari bayram uchun sovg‘alarni ko‘proq Rossiyada sotib olishlarini hikoya qildi. Chunki o‘zbekistonliklar uchun chet ellik sovg‘alar qiziqroq.
“Yangi yilni ham shu yerda kutib olaman. Rossiyada bayram kunlari ba’zida chiptalar narxi osmonda bo‘ladi”, - deb noliydi u.
Tojikistonlik Ganjina Karimova sovg‘alarni Rossiyaning shimoliy poytaxtida sotib olishini qo‘shimcha qildi. Chunki u qish faslida uyiga bormaydi.
“Bu yerda ko‘p qiziqarli va antiqa buyumlarni topish mumkin. Lekin ba’zida milliy narsalar hadya qilging keladi: serviz yoki libos, masalan. Tojikistonda, albatta, bu Peterburgda qaraganda ancha arzonga tushadi”, - deydi Ganjina.
Mana, bu safar ham 31-dekabrdan 1-yanvarga o‘tar kechani u Neva sohillarida o‘tkazadi. Biroq ba’zan u bayramni vatanida, oila davrasida kutib olishni xohlaydi.
Yangi yil – ichimliksiz dasturxon va xalqlar birligi
Dasturxonda alkogol ichimligi umuman bo‘lmasligini Markaziy osiyoliklarning Yangi yil nishonlashlarinining asosiy farqi deb atash mumkin. Ba’zilari milliy urf-odatlardan kelib o‘tkir ichimlik iste’mol qilishmaydi, boshqalariga esa ularning diniy qarashlari yo‘l qo‘ymaydi.
Millatidan va dinidan qat’i nazar, hamma sovg‘alarni birdek yaxshi ko‘radi.
“Sovg‘a, avvalam bor bolalar uchun, - shirinliklar yoki o‘yinchoqlar. Umuman olganda, bayram o‘zining muhimligini yo‘qotmayabdi. Axir, ushbu bayram tufayli kattalar barcha ishlarini bir chetga surib, o‘z farzandiga ozgina ko‘proq bo‘lsa ham e’tibor qaratishga hozirlar, - deydi talaba Bobomurod Qurbonov.
O‘ta taqvodor Begali Mirzaxo‘jayev Yangi yilga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ladi. Qizg‘in ziyofatdan keyin ko‘pinda ko‘chalarda tartibsizliklar sodir bo‘lishiga diqqatini qaratadi.
“O‘ylaymanki, meni bu vaziyatda dinga yaqin bo‘lganlar va sog‘lom turmush tarziga rioya qiluvchilar qo‘llab-quvvatlaydilar”, - deb gapiga yakun yasadi u.
Shunga qaramay Markaziy Osiyodan kelganlarning aksariyatida Yangi yil faqat ijobiy taassurot qoldiradi.
“Odatda, agar migrantlar butun oila a’zolari bilan Peterburgda yashasalar, ular minora soatining bong urishini yaqinlari davrasida kutib olishadi. So‘ngra esa yoshlar shahar bo‘ylab sayr qilishga chiqishadi”, - deb fikrlari bilan o‘rtoqlashadi Ganjina Karimova.
Talaba Bobomurod bayramni ko‘pincha uyda oilasi bilan o‘tkazadi. Ta’tilda do‘stlari bilan shaharga sayr qilgani boradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Yangi yilda hech kim millat ajratmaydi – sen rus, o‘zbek yoki armanmisan, umuman farqi yo‘q. Bu bayram kim yaqiningda bo‘lsa o‘sha bilan nishonlanadi – maydonda, ko‘chada, metroda va hokazo.
Biroq, vatanida tantananalar ko‘lamriroq deydiganlar ham topiladi. Masalan, Surgutda yashovchi Habib Pirov uning ona shahri Dushanbeda hozir yangi yil kechasi Rossiya viloyatlariga qaraganda yorqinroq va xurramroq nishonlanadi, deb hisoblaydi.
Har qanday holatda ham, soatning bong urishinini qayerda eshitishingizdan qat’i nazar – ona qishlog‘ingizda yaqinlar davrasida, yoki Peterburgdagi Saroy maydonida – asosiysi – bu yaxshi kayfiyat va xushchaqchaq odamlar davrasidir.
Markaziy Osiyo prezidentlari Yangi yilni qanday kutib olishadi