TOShKENT, 3-may — Sputnik. Toshkent viloyatining Ohangaron, Angren, Qibray, Bo‘stonliq, Zangiota, Parkent va Chinoz tumanlarida bo‘ri va chiyabo‘rilar keskin ko‘payib ketdi va tunlari mahallalar oralamoqda, deb xabar qildi "Darakchi" nashri.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari R.Fayziyev bo‘ri va chiyabo‘rilar keskin ko‘payib ketganini tan olgan holda, Toshkent viloyati ovchilar birlashmasiga yirtqichlarni otishga ruxsat berilganini ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, fuqarolar bo‘ri va chiyabo‘rilarni yo‘q qilish bo‘yicha viloyat ovchilar birlashmasiga murojaat qilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, jori yil mart oyi oxirlarida Farg‘onaning Quvasoy shahridagi mahallalarning birida chiyabo‘rilar 18 bosh qo‘yni bo‘g‘izlab ketgani haqida xabar bergan edik.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.