Qarshilik ayol bir oylik qizalog‘ini 10 million so‘mga sotishga urindi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishRoditeli s rebenkom
Roditeli s rebenkom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayol qizalog‘ini 10 million so‘mga sotayotganida "Yog‘du" choyxonasi oldida qo‘lga olingan

TOShKENT, 22 dek - Sputnik. Qarshi viloyati Qarshi shahrida huquq-tartibot organlari xodimlari o‘z farzandini sotishga harakat qilgan ayolni qo‘lga oldilar, deb xabar qilmoqda IIV matbuot-xizmati.

Meni sotgan onamga maktub: menga sizdan o‘zga xech kim, hech nima kerak emas edi

Hodisa joriy yil 11-dekabr kuni yuz bergan. Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, hali bir oylik ham bo‘lmagan qizalog‘ini sotishga uringan ayol "Yog‘du" choyxonasi oldida qo‘lga olingan.

Ona o‘z farzandini 10 million so‘mga sotishga uringan, deyiladi xabarda.

Jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Jinoiy kodeksi 135 moddasiga muvofiq, odam savdosi uchun 3-yildan 5-yilgacha jazo choralari ko‘zda tutilgan.

Dekabr oyi boshida Sankt-Peterburgda o‘zining yangi tug‘ilgan o‘g‘lini sotishga uringan o‘zbekistonlik ayolga 4-yil ahloq tuzatish koloniyasi jazosi berilgan edi. 

Odam savdosi - O‘zbekistonning eng og‘riqli masalalaridan biridir, hukumat va huquqni muhofaza qilish organlari bunday jinoyatlar bilan faol kurashib keladilar. Toshkentda 2018-yilda odam savdosi bilan bog‘liq holatlar 63,5%ga kamaygan.

Yangiliklar lentasi
0