TOShKENT, 22 dek - Sputnik. Rossiya Federatsiya Hukumati 2021-yildan "Chet eldagi rus maktabi" maxsus dasturni hayotga tatbiq etishga va’da berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Bu maqsad uchun aniq mablag‘lar ajratilishi nazarda tutilgan, dedi Toshkent shahrida o‘tkazilgan 22-vatandoshlar anjumanida RF Federatsiya kengashining xalqaro aloqalar bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari Farit Muxametshin.
Muxametshin so‘zlariga ko‘ra, vatandoshlar masalalari hamisha Hukumat soati yig‘ilishida muhokama qilinadi. Xususan, ushbu haftada Federatsiya kengashi RF tashqarisida yashovchi vatandoshlar faoliyatiga doir ikkita qonunni qabul qildi.
"Kengash yakuniga ko‘ra, Yuqori palata RF tashqi siyosiy faoliyatiga doir davlat dasturiga o‘zgartishlar kiritgan holda "Xorijdagi rus maktabi" konsepsiyasi mexanizmi yaratilishini talab qilmoqda.Bu esa xorijdagi rus maktablarini qo‘llab-quvvatlash uchun aniq pul mablag‘lari berilishini ko‘zda tutadi. Rossiya Hukumati bunga ijobiy yondashdi, va 2021-yildan alohida "Xorijdagi rus maktabi" dasturini davlat dasturi sifatida hayotga tatbiq eta boshlash va’dasini berdi", - deb qayd etdi u.
Xususan, Muxametshin Rossotrudnichestvo ushbu dasturni, shu jumladan aniq tadbirlar bilan to‘ldirishda yetakchi rol o‘ynashiga umid bildirdi.
Muxametshin, RF prezidenti Vladimir Putinning Toshkentga rasmiy tashrifi davomida rossiya oliygohlaridan 80dan ziyod rektorlar kelishganini va ushbu tashrif davomida ta’lim jarayoniga ko‘mak berish bo‘yicha 100ga yaqin bitimlar imzolanganini eslatib o‘tdi.