Turizm

Oʻzbekiston va Qozogʻiston fevral oyida Silk visani joriy etishni rejalashtirmoqda

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Loyiha maqsadi - chet el davlatlaridan dam oladiganlarni jalb qilish, turistlar oqimini koʻpaytirish

TOSHKENT, 20 dek – Sputnik. Oʻzbekiston Qozogʻiston bilan hamkorlikda 2019 yilning fevral oyida shengen vizaning muqobili - Silk visani yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Protsedura snyatiya biometricheskix dannыx v vizovom tsentre Sankt-Peterburga - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Tojikiston Markaziy Osiyoda "ipak yoʻli vizasi" joriy etilishini qoʻllab-quvvatladi

Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi Ulugʻbek Qosimxodjayev jurnalistlarga maʼlum qilishicha - ushbu loyihadan maqsad - chet ellik sayyohlar oqimini jalb qilish.

Markaziy Osiyo boʻyicha yagona boʻlgan "ipak viza" haqida joriy yil iyun oyida ilk bor tilga olingan edi. Ushbu gʻoya Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston tomonidan qoʻllab-quvvatlanmoqda. Gʻoya Qozogʻiston Respublikasi xalqaro munosabatlar, mudofaa va xavfsizlik qoʻmitasi raisi Dariga Nazarboyevaga tegishli.

Nazarboyeva, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlaridan viza baryerlari olib tashlanishi tarafdori.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston yaqin orada 22 davlat uchun vizasiz rejim tartibini joriy etmoqchi. Hozirgi kunda maxsus hujjatlarsiz mamlakatga sakkizta davlat fuqarolari kirish huquqiga ega, soddalashtirilgan tartib esa 50ta mamlakat uchun amal qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0