Asomov tadbirkorlar, xavfni boshqarish va imtiyozlar haqida

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaZamestitel predsedatelya GTK Anvar Asomov
Zamestitel predsedatelya GTK Anvar Asomov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bojxona organlarida sentabr oyida xavfni boshqarish tizimi sinovga topshirilib, bu yil 1-dekabrdan to‘liq amaliyotga kiritildi.

TOShKENT, 20 dek – Sputnik. Kuni kecha bo‘lib o‘tgan Xalqaro Press-klub yig‘ilishida bojxona organlari tomonidan olib borilayotgan ishlar haqida Davlat bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Anvar Asomov ma’lumot berdi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Krasniy i zeleniy koridori - Sputnik O‘zbekiston
Sariq, qizil, yashil va ko‘k yo‘lak: bojxona ko‘rigi faqat videokuzatuv ostida amalga oshiriladi

“2018 yil davlat bojxona organlari uchun islohotlar yili bo‘ldi. Juda muhim prezident qaror va farmonlari qabul qilindi. Davlat bojxona xodimlari shtat birliklari qaytadan tasdiqlandi. Hech qachon tarixda bo‘lmagan - bojxonachilar bayrami e’lon qilindi. Bayroq, farqlash belgisiga ega bo‘ldik”, - dedi rais o‘rinbosari.

Yangi qarorlar TIF qatnashchilariga nima berdi?

Bojxona qo‘mitasi rais o‘rinbosari so‘zlariga ko‘ra, tadbirkor tomonidan bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda taqdim etiladigan hujjatlar soni keskin qisqartirildi.

“Tadbirkorlarning bojxona organlari xodimlariga murojaat qilishi, ya’ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilinishi oldini olish maqsadida 43 ta axborot dasturlari amaliyotga joriy etildi. Ulardan 12 tasi interaktiv xizmat tizimida ishlab kelmoqda. Bugungi kunda 100 foiz elektron bojxona rasmiylashtiruviga o‘tkazdik”, - deb ta’kidladi Asomov.

Shuningdek, 1-sentabrdan boshlab tadbirkorlar bojxona rasmiylashtiruvini nafaqat deklarantlar orqali balki o‘zlari ham bojxona organlariga taqdim etish huquqiga ega bo‘ldi. Bu yanada sarf-harajatlar, tovarlar tannarxi tushishining omillardan biri.

Xavfni boshqarish tizimi

Davlat bojxona qo‘mitasi bojxona qo‘mitasi rais o‘rinbosari ma’lumotiga ko‘ra, bojxona organlarida sentabr oyida xavfni boshqarish tizimi sinovga topshirilib, bu yil 1-dekabrdan to‘liq amaliyotga kiritildi.

“Bojxona ko‘rigidan o‘tkazishni faqat elektron tizim boshqaradi. Bojxona inspektori rasmiylashtiruv jarayonida qaysi yukni, qaysi korxona egasi yukini rasmiylashtirishni oldindan bilmaydi. Xavfni boshqarish tizimi xavf profillarini ajratishga, ya’ni har bir korxona bilan manzilli ishlashga yo‘l ochib beradi”, - dedi bojxona qo‘mitasi vakili.

Dom - Sputnik O‘zbekiston
Bojxona xodimlariga yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari olish huquqi beriladi

Imtiyozlar

Bojxona qo‘mitasi rais o‘rinbosari tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar xususida ham to‘xtalib o‘tdi.

“Bojxona organlari davlat budjetiga 10 trillion so‘mdan oshiq bojxona to‘lovlari undirildi. Lekin bu berilgan imtiyozlar bilan solishtirilganda 41 trillion so‘m imtiyoz berildi. Hozirgi kunda ishlab chiqarish rivojlanayotganligi, ishlab chiqaruvchilari qo‘llab-quvvatlash, mahalliy eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallangan xomasholarni olib kirishda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinmoqda”, - deb qo‘shimcha qildi Anvar Asomov.  

2019-2021 yillar davomida respublikada zamonaviy logistika terminallarini qurish, qo‘shni davlatlar bilan aholi o‘tkazish punktlarini kengaytirish, TIF qatnashchilarining transport vositalarida o‘tkazilayotgan yuklarni tez va sifatli yetib kelishini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Xalqaro Press-klub tashabbusi bilan ilk marotaba O‘zbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari bir vaqtda, bitta safda qo‘shma matbuot-anjumanida ishtirok etishdi.

Yangiliklar lentasi
0