Putin AQShni ogohlantirdi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishRabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Yaroslavl
Rabochaya poyezdka prezidenta RF V. Putina v Yaroslavl  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
So‘nggi yillarda Moskva va Vashington bir-birini RSMD shartnomasini buzganlikda muntazam ayblab kelmoqda. Rossiya shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlariga jiddiy amal qilib kelayotganini bayon etgan. RF Tashqi ishlar vaziri Sergey Larov Moskvaning AQShga amerikaliklarning o‘zlari ushbu shartnomani bajarayotganiga doir jiddiy savollari borligini ta’kidlagan.

TOShKENT, 18 dek - Sputnik. AQSh o‘rta va kichik masofaga uchuvchi raketalar to‘g‘risidagi kelishuvdan chiqsa, Rossiya o‘z xavfsizligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha choralar ko‘radi, deb bayonot qildi RF prezidenti Vladimir Putin seshanba kuni.

Putin poshutil pro dollar - Sputnik O‘zbekiston
“Oyoqqa emas, sal teparoqqa o‘q otishmoqda”: Putin dollar haqida hazil qildi

"AQSh tomonidan shartnoma buzilishi holatida esa, men bu haqda omma oldida aytganman, va yana bir bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri bayonot qilishni zarur deb hisoblayman, biz, xavfsizligimizni kuchaytirishga doir qo‘shimcha choralarni qabul qilishga majbur bo‘lamiz", - dedi Putin RF Mudofaa vazirligi kollegiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida.

Eslatib o‘tamiz, dekabr oyi boshida AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo DRSMD shartnomasi shartlarini bajarish uchun Rossiyaning ikki oy vaqti borligi haqida bayonot qilgan edi. U, agar bu ro‘y bermasa, Vashington DRSMD bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘xtatishini aytgan edi. O‘z navbatida, AQSh Davlat kotibining xalqaro xavfsizlik va qurol-aslahalar nazorati bo‘yicha o‘rinbosari Andrea Tompson AQSh Rossiyani 9M729 (SSC-8) raketasidan voz kechishga, yoki uning tizimini uchish masofasi DRSMD nizomlarini buzmaydigan qilib modifikatsiya qilishga chaqirishini aytgan edi.

So‘nggi yillarda Moskva va Vashington bir-birini RSMD shartnomasini buzganlikda muntazam ayblab kelmoqda. Rossiya shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlariga jiddiy amal qilib kelayotganini bayon etgan. RF Tashqi ishlar vaziri Sergey Larov Moskvaning AQShga amerikaliklarning o‘zlari ushbu shartnomani bajarayotganiga doir jiddiy savollari borligini ta’kidlagan.

Yangiliklar lentasi
0