Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya zovet!” forumida dollar masala bo‘yicha berilgan savolga hazil tarzda javob berdi.
“Bizda dollardan voz ketish maqsadimiz yo‘q, dollar o‘zi bizdan ketmoqda. Tegishli qaror qabul qilayotganlar o‘z oyog‘iga emas, balki sal teparoqqa o‘q otishmoqda”, - deb ta’kidladi Putin.
Prezident so‘zlariga ko‘ra, dollardagi beqaror hisob-kitoblar dunyoning ko‘plab iqtisodiyotlarida mustaqil hisob-kitob tizimlarini topish istagini keltirib chiqarmoqda.
Putin Rossiya iqtisodiyoti qiyinchiliklarga moslashib olganligi va davlat rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlari yaratayotganligini aytib o‘tdi.