Gulnora Karimovaning o‘g‘li onasi haqida ma’lumotlarni ma’lum qildi

© instagram / i.kar7Islam Karimov so svoyey materyu Gulnaroy Karimovoy
Islam Karimov so svoyey materyu Gulnaroy Karimovoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Gulnora Karimovaning o‘g‘li onasi O‘zbekistonda bo‘layotgan o‘zgarishlarga munosabati haqida fikrlarini yozib qoldirdi.

TOShKENT, 11 dek – Sputnik. Gulnora Karimovaning o‘g‘li Instagram sahifasida onasi O‘zbekistonda jamoatchilik faoliyati bilan yana shug‘ullanishni rejalashtirgani haqida post yozdi.

“Mamlakatimizning yangi rahbariyati tashabbusiga ko‘ra ko‘plab yangi loyihalar amalga oshirilmoqda va ular O‘zbekistonga yaxshiroq kelajakni ta’minlaydigan qudratli bazani qurishga imkoniyat beradi. Shuning uchun onam moliyaviy va jismoniy tomondan qo‘lidan kelganicha mamlakatdagi yangi o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi”, - deb yozgan kichik Islam Karimov.

Shuningdek, onasi “ta’lim sohasi, yoshlarga ajratilgan grantlar, ayollar sog‘lig‘i va moda yo‘nalishlarida katta ishlar qilingani” yozgan.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Islam Karimov (@i.kar7)

“Oilamizdagi barcha qiyinchiliklar faqat onamning qarorini qo‘llab-quvvatlash intilishlarimizni kuchaytiradi va kelajakni yaxshilashga hamma ishlarni qilishga undaydi”, - deb yozgan Gulnoraning o‘g‘li.

2015 yil avgust oyida Gulnora Karimova korrupsiya uchun besh yil ozodlikdan mahrum etildi. 2017-yilda O‘zbekistonga yetkazilgan zarar miqdori (ikki milliard dollarga yaqin) ma’lum bo‘ldi.

2018 yil oktabr oyida Bosh prokuratura Gulnora Karimova sud qaroriga ko‘ra belgilangan tartibda jazoni o‘tayotganini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0