O‘zbekistonda mast haydovchilar alkotester yordamida fosh etiladi

© Sputnik / Yuriy Streles / Mediabankka o‘tishGIBDD provodit "sploshnie" proverki voditeley na trezvost
GIBDD provodit sploshnie proverki voditeley na trezvost - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Haydovchi bir holatda to‘g‘ri tura olmasa, nutqi buzilganligi yoki yuz terisi rangining sezilarli o‘zgarganligi sezilsa, bu tekshiruv o‘tkazishga asos bo‘ladi.

TOShKENT, 15 dek - Sputnik. O‘zbekistonda haydovchilarning mast holatda ekanligi alkotester yordamida aniqlanadi. Bu haqda "Huquqiy axborot" kanalida xabar berildi.

Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Qoidabuzarlik qilgan haydovchi pora berish vaqti qo‘lga olindi

"Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 2018-yil 14-dekabr kuni Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi", - deyiladi xabarda.

Hujjatga muvofiq, haydovchilarning alkogolli ichimliklar ta’siridan mast holatda ekanligini aniqlash ichki ishlar organining Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (DYHXX) xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Haydovchilarning mast holatda ekanligini aniqlash bo‘yicha tekshiruv alkotester (havoga chiqarilgan etanol bug‘larini aniqlovchi va tekshiruv natijalarini qog‘ozda aks ettiruvchi maxsus texnik vosita) yordamida amalga oshiriladi.

Xabarda aytilishicha, haydovchi bir holatda to‘g‘ri tura olmasligi (chayqalib turishi); nutqi buzilganligi, qo‘l barmoqlarining qaltirashi, yuz terisi rangining sezilarli o‘zgarganligi haydovchilarning alkogolli ichimliklar, giyohvandlik vositalari ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda ekanligini aniqlash uchun tekshiruv o‘tkazishga asos bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0