Qoidabuzarlik qilgan haydovchi pora berish vaqti qo‘lga olindi

© Sputnik / Yevgeniy BiyatovMujchina v naruchnikax
Mujchina v naruchnikax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Mersedes" haydovchisi ma’muriy bayonnoma yozmaslikni so‘rab, evaziga xodimga 100 000 so‘m pulni pora sifatida taklif qilgan vaqtda ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi.

TOShKENT, 10 sen – Sputnik. Buxoro viloyatida qoidabuzarlik qilgan haydovchi 100 ming so‘m pora berish vaqti IIV va Prokuratura xodimlari tomonidan qo‘lga olindi, IIV matbuot xizmati xabariga asosan.   

Ushbu yilning 8-sentabr kuni Buxoro viloyatining Kogon shahrida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida yashovchi T.A. o‘zining “Mersedes-Bens” rusumli avtomashinasida  meyoridan ortiq yo‘lovchi olib, yo‘lovchi tashish qoidalarini buzib, avtomashinani boshqarib kelayotgan vaqtida “Qashqadaryo-Buxoro” yo‘lining 172-km.da xizmat olib borayotgan Buxoro viloyati IIB YHXB xodimi tomonidan to‘xtatildi.

Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
IIV pora beruvchilarni qo‘lga olishni boshladi

Haydovchi T.A.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirayotgan vaqtda haydovchi ma’muriy bayonnoma yozmaslikni so‘rab, evaziga xodimga 100 000 so‘m pulni pora sifatida taklif qilgan.

Ushbu mablag‘ni berayotgan vaqtda qoidabuzar haydovchi Buxoro viloyati ichki ishlar organlari va  prokuratura xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir doirasida ashyoviy dalil bilan qo‘lga olingan.

Ayni damda ushbu holat yuzasidan T.A.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qoidabuzar haydovchi nafaqat yo‘l qoidalarini buzgani uchun, balkim mansabdor shaxsga xizmat vazifasini o‘tash vaqti pora bermoqchi bo‘lgani uchun javobgarlikka tortiladi.

Yangiliklar lentasi
0