Yangi biznes: Xitoyda suvaraklar fermasi barpo qilindi

© Foto: viceTarakanya ferma
Tarakanya ferma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoyda chiqindi muammosini hal qilishni ajoyib usulini o‘ylab topishdi. Ular suvaraklarni chiqindilar bilan oziqlantirishni yo‘lga qo‘yishdi.

TOShKENT, 14 dek — Sputnik. Xitoy hukumati oldida chiqindilar muamosi o‘ta dolzarb bo‘lib qoldi. Masalan, o‘tgan yili birgina Pekin aholisi 9 million tonnadan ortiq oziq-ovqat chiqindisini chiqardi. Ushbu raqam yil sayin ortib bormoqda.

Tarakan - Sputnik O‘zbekiston
Hindistonlik ayol boshidan tirik suvarak topildi

Shu bois Xitoyda “suvaraklar fabrikasi”ni barpo qilish boshlandi. Bu fabrikalarda hashoratlar organik chiqindilarni iste’mol qilishadi. Bu haqda Vice nashri xabar qildi.

Szinan shahrida joylashgan fabrikada suvaraklar bir sutkada 50 tonnaga yaqin organik chiqindilarni yeydi.

Suvaraklar o‘lgandan keyin uy hayvonlariga ozuqa sifatida jo‘natiladi. Chunki uy hayvonlariga o‘lat bilan kasal bo‘lmasliklari uchun oziq-ovqat chiqindilari bilan oziqlantirish taqiqlangan.

Xitoylik tadbirkorlar “suvarak fermalar” tannarxi arzonligi sababli ularning sonini ko‘paytirishmoqchi.

Xitoy hukumati shunga o‘xshash fabrikalarni butun mamlakat bo‘ylab qurishni rejalashtirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0