TOShKENT, 3 fev — Sputnik. Hindiston janubidagi Chennai shahrida yashovchi shifokorlar ayol kishining boshidan tarakanni olib tashlash bo‘yicha jarrohlikni amalga oshirdilar. Operatsiyadan so‘ng shifokorlar jonivor tirik qolishga muvaffaq bo‘lganligiga guvoh bo‘lishgan, deb yozadi RIA Novosti.
Tibbiyot xodimlari faqat to‘rtinchi urinishdan so‘ng ayol kallasining ichida suvarak borligini aniqlashgan.
Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, suvarak bemorning burni orqali kallasiga kirib borgan va bosh miyaga favqulodda yaqin joyni o‘ziga makon sifatida tanlagan. Suvarakni olib tashlash uchun 45 daqiqa sarflangan.
"To‘g‘ri, bundan oldin odamlarning burun qismidan munchoq, tugma, mel va hatto, zulukni olib chiqishimga to‘g‘ri kelgan, lekin 30-yillik tajribamda bunday voqeaga birinchi bor duch kelishim", — deb aytgan jarrohlikni amalga oshirgan vrach.