O‘rta yer dengizida 2015-yilda 4 mingga yaqin migrant halok bo‘ldi

© AP Photo / Santi Palacios Qochqinlar shlyupkada Misrning Lesbos oroliga suzib borishmoqda
Qochqinlar shlyupkada Misrning Lesbos oroliga suzib borishmoqda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘tgan yil O‘rta yer dengizi orqali Yevropaga yetib olmoqchi bo‘lgan migrantlar orasida 3 ming 800 nafari halok bo‘lgan, deb xabar qildi Migratsiya bo‘yicha Xalqaro tashkilot Bosh direktori Uilyam Leysi Sving, Sankt-Peterburgda o‘tgan MXTning 44-yalpi majlisida ishtirok etar ekan.

TOShKENT, 20-may — Sputnik. "Biz, 2015-yilda O‘rta Yer dengizida 3 ming 800 kishini yo‘qotdik, bugun esa ushbu raqamlar yanada ortgan, yil esa hali yarmiga yetgani yo‘q. Kelajakda shunday hodisalar ro‘y bermasligi uchun, biz migratsiyani qonuniy yo‘llarini yo‘lga qo‘yishimiz kerak", — deb ta’kidladi u. RIA Novosti xabari asosida.

"Bu bo‘ronni qanday tinchlantirishimiz mumkin? Odamlar yuritayotgan siyosatimiz markazida bo‘lgan taqdirdagina, bunga erishishimiz mumkin. Hayotlarni qutqarib qolish — bizning bosh maqsadimizga aylanishi shart", — deb ta’kidladi Sving.

MXT rahbari, shuningdek, Suriyadagi holatni yaxshi tomonga o‘zgartirish uchun dunyo mamlakatlari rahbarlari yetarlicha harakat qilishmayotganini aytdi.

"Tegishli qonunlar bilan tartibga solingan taqdirda ham, keng miqyosli migratsiyani to‘xtatishning endi imkoni yo‘q. Migratsiya — bu nafaqat muammo, balki inson hayotini aniq aks ettirayotgan voqelikdir. Biz esa uni boshqarmog‘imiz lozim", — dedi mutaxassis.

Yangiliklar lentasi
0