Rossiyada qonunbuzar migrantlar uchun yangi jazo turi joriy etilishi mumkin

© Press-slujba OMVD Rossii po g. UssuriyskuPolitseyskie viavili v Ussuriyske fakt fiktivnoy postanovki na migratsionniy uchet inostrannix grajdan
Politseyskie viavili v Ussuriyske fakt fiktivnoy postanovki na migratsionniy uchet inostrannix grajdan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyada yengil va o‘rtacha og‘ir jinoyat sodir etgan xorijliklarni mamlakatdan chiqarib yuborishmoqchi.

TOShKENT, 12 dek — Sputnik. Rossiya Inson huquqlar bo‘yicha kengash rahbari Mixail Fedotov uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etgan migrantlar uchun yangi jazo turini joriy etishni taklif qildi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Generalnoe konsulstvo Respubliki Uzbekistan v Yekaterinburge. - Sputnik O‘zbekiston
Yekaterinburgdan bir haftada 86 nafar migrant chiqarib yuborildi

“Majburiy saqlab turish joylarimizda qolayotgan kishilar sonini xorijiy fuqarolarga nisbatan javobgarlik chorasini insonparvarlashtirish hisobiga sezilarli darajada kamaytirish mumkin. Kengash Jinoyat kodeksiga yengil va  o‘rtacha og‘ir jinoyatlarni sodir etgan xorijiy fuqarolarni Rossiyadan chiqarib yuborish va bir necha yil davomida kirishni taqiqlab qo‘yish haqidagi moddani kiritishni taklif qiladi”, - dedi Fedotov.

Mazkur chora deportatsiya tartibini o‘zgartirishga imkon beradi va migrant Rossiyadan chiqarib yuborishlarini kutib, xorijiy fuqarolarni saqlash markazida uzoq muddat davomida qolib ketmaydi, deb ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0