TOShKENT, 27 noya — Sputnik. Yekaterinburgdan bir hafta ichida 86 nafar noqonuniy migrant chiqarib yuborildi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Ular orasida O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ozarbayjon fuqarolari bor. Ularning barchasi Rossiya migratsiya qonunchiligini buzishgan va “Rossiyada xorijiy fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan Rossiya Federatsiyasiga kirish qoidalari yoki Rossiya Federatsiyasida bo‘lish tartibini buzish” ma’muriy huquqbuzarligini sodir etishda aybdor deb topilgan.
2018 yilning boshidan sud ijrochilari jami 1,9 mingdan ortiq xorijiy fuqarolarni chiqarib yuborishdi.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyining o‘rtasida Yekaterinburgda O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi tantali ravishda ochilgandi. Karl Libknext ko‘chasidagi bino oldida O‘zbekiston bayrog‘i ko‘tarilgan. Ochilish marosimida O‘zbekiston bosh konsuli Abdusalom Xatamov va O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov va Sverdlovsk viloyati tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri Vasiliy Kozlov ishtirok etishgandi.