TOSHKENT, 5 dek - Sputnik. Oʻzbekiston terrorizm jahon indeksi roʻyxatining qariyb eng oxirgi qatorida, yaʼni 2018 yilda 134-oʻrinni egallagan. Avstraliya jahon va iqtisod tadqiqoti instituti maʼruzasiga asosan.
Iroq, Afgʻoniston va Nigeriya yetakchi uchlikka kiritilgan. Tojikiston – oʻrtada, 74-qatorda, Rossiya esa 34-qatorda joylashgan.
Terrorizm jahon indeksi (GTI) “terrorizm taʼsirini” aks ettiradi va turli ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari hamda radikal oqimlar paydo boʻlishining geosisyosiy omillari tahlilida tuziladi. Reytingda jami 163 ta davlat keltirilgan.
Oʻzbekiston terrorizmga qarshi faol kurash olib bormoqda. 21-24 noyabr kunlari ushbu muammoni xalqaro miqyosida “Oʻzbekiston-Yevropa” Hamkorlik kengashi majlisida va “Yevropa ittifoqi-Markaziy Osiyo” hududlararo uchrashuv doirasida Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov muhokama qilgan edi.