Dunyoda

Frantsiya vaziri Trampdan mamlakat ichki ishlariga aralashmaslikni soʻradi

© Sputnik / Irina Kalashnikova / Mediabankka oʻtishAktsiya protestov avtomobilistov "jeltыe jiletы" v Parije
Aktsiya protestov avtomobilistov jeltыe jiletы v Parije  - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Frantsiya Tashqi ishlar vaziri AQSH prezidenti Donald Trampdan mamlakat ichki ishlariga aralashmaslikni soʻradi.

TOSHKENT, 9 dek – Sputnik. Frantsiya Tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian AQSH prezidenti Donald Trampdan mamlakat ichki siyosatiga aralashmaslikni soʻradi, deb xabar qilmoqda RT.

«Biz AQSH ichki siyosatiga tekkanimiz yoʻq, AQSH ham shunday qilishini istaymiz. Men buni Donald Trampga aytyapman, Frantsiya prezidenti ham xuddi shunday degan boʻlardi: Bizning xalqimizni oʻz holicha qoʻying”, - dedi Frantsiya vaziri.

Biroz oldin Donald Tramp Frantsiyadagi tartibsizliklarni uyushtirayotgan “sariq nimchalilar” Tramp prezident boʻlishini istayapti, deb hazil qilgan edi.

AQSH prezidenti oʻz tvitterida “Odamlar: biz Trampni xoxlaymiz, deyapti. Frantsiyani yaxshi koʻraman-da”  deb izoh qoldirgan edi u.

Eslatib oʻtamiz, Frantsiyada bir necha kundan beri ommaviy tartibsizliklar sodir boʻlmoqda. Yonilgʻi narxi bir necha tsentga oshirilgani sababli “sariq nimchalilar” tomonidan ommaviy tartibsizliklar uyushtirilmoqda. Bir necha kun oldin politsiya 1700 kishini hibsga olgan edi.

Yangiliklar lentasi
0