Innovatsion rivojlanish vazirligi “Buyuk Kelajak” bilan hamkorlik memorandumi imzoladi

© Press-slujba MininnovatsiyMininnovatsiy i Buyuk Kelajak sozdadut forsayt-sentri
Mininnovatsiy i Buyuk Kelajak sozdadut forsayt-sentri  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Memorandumda yetakchi oliy ta’lim muassasalarida Forsayt markazlarini tuzish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 11 dek - Sputnik. O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda “Buyuk Kelajak” NNT hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Memorandumni vazir o‘rinbosari Yo‘lbarsxon Mansurov va “Buyuk Kelajak” XNNN ijrochi direktori v.b. Zuhra Azimova imzoladilar, deb xabar qildi vazirlik matubot xizmati.

Podacha dokumentov v vuzi - Sputnik O‘zbekiston
TechGirls 15-17 yoshli qizlarni AQShga o‘qishga olib ketmoqda

Unga ko‘ra qonun va meyoriy hujjatlarni tayyorlash va takomillashtirish, jumladan, 2019–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Buyuk Kelajak” ekspertlarining xalqaro tajribasidan foydalanish ko‘zda tutilgan bo‘lib, yurtimizni Global innovatsion indeksi bo‘yicha ilg‘or 50 davlatlar qatoriga kirishini ta’minlash bosh maqsad qilib belgilangan”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, memorandumda yetakchi oliy ta’lim muassasalarida uzoq muddatli pronozlar bilan shug‘ullanadigan - Forsayt markazlarini tuzish orqali innovatsion faoliyat rivojlanishini prognozlashtirish, shuningdek innovatsiyalar, texnologiyalar transferi, intellektual mulk obyektlarini boshqarish bo‘yicha ilmiy seminarlar, mahorat darslari, xakatonlar, biznes-treninglar tashkil etish nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Buyuk Kelajak” ekspertlar kengashi xalq farovonligini oshirish va barqaror iqtisodiy rivojlanishga erishish yo‘lida amaliy bilimlar va loyihalarni ishlab chiqishda O‘zbekistonning intellektual imkoniyatlaridan samarali foydalanish niyatida tuzilgan tashkilot.

Yangiliklar lentasi
0