TOShKENT, 10 dek - Sputnik. O‘quvchi almashish bo‘yicha tashkil qilingan TechGirls loyihasiga 1-dekabrdan boshlab arizalar qabul qilina boshlandi, deb xabar qilmoqda AQSh elchixonasi matbuot xizmati.
TechGirls - Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlari uchun tashkil qilingan xalqaro yozgi loyihadir. Unda 15 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan maktab, litsey kollej o‘quvchi qizlari ishtirok etishlari mumkin.
“Texnologik kompaniyalar, yetakchilik markazlarini borib ko‘rish, jamiyat ishlarida qatnashish imkoniyati, qisqa muddatli malaka oshirish va madaniy tadbirlarda ishtirok etish TechGirls loyihasi ishtirokchilari tajribasining ajralmas qismi bo‘ladi”, - deyilgan xabarda.
TechGirls loyihasi g‘oliblari interaktiv texnologik va kompyuter lagerida ishtirok etib, bir oy AQShda bo‘lishadi. Ushbu loyiha axborot texnologiyasi, loyihalashtirish va kiberxavfsizlik kabi mavzularni yanada chuqurroq o‘rganish imkonini yaratadi.