“Tong yulduzi” mahallasida o‘zbek-tojik madaniyat markazi foydalanishga topshirildi

V maxalle "Tong Yulduzi" Chinazskogo rayona prodelani stroitelnie raboti
V maxalle Tong Yulduzi Chinazskogo rayona prodelani stroitelnie raboti  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qishloqni obodonlashtirish chog‘ida, bu yerda ko‘proq tojik millatiga mansub fuqarolar yashashi inobatga olinib, o‘zbek va tojik xalqlarining urf-odat hamda an’analarini yaqqol aks ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

TOShKENT, 10 dek – Sputnik. Chinoz tumanidagi “Tong yulduzi” mahallada keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bajarildi. Yo‘llari asfaltlandi, yangi turarjoylar va madaniy-maishiy obyektlar foydalanishga topshirildi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev pozdravlyayet grajdan s Dnem Konstitutsii - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev islohotlar, sudyalar va pensiya haqida nimalarni aytdi

Qishloqni obodonlashtirish chog‘ida, bu yerda ko‘proq tojik millatiga mansub fuqarolar yashashi inobatga olinib, o‘zbek va tojik xalqlarining urf-odat hamda an’analarini yaqqol aks ettirishga alohida e’tibor qaratildi.

Eng go‘zal binoda o‘zbek — tojik madaniyat markazi joylashtirildi. Bu yerdagi kutubxonada o‘zbek va tojik mumtoz adabiyoti durdonalari bilan bir qatorda, zamondosh yozuvchi hamda shoirlar asarlari jamlangan. O‘quv va anjumanlar zali, tibbiyot xonasi zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlandi.

Qishloqdagi 47-umumta’lim maktabi to‘liq qayta ta’mirlandi hamda 180 o‘rinli qo‘shimcha bino qurildi. Yangi sport zalida bolalar uchun barcha shart-sharoit mavjud. 8-maktabgacha ta’lim muassasasi esa butunlay yangidan barpo etildi. 60 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu bog‘cha zamonaviy talablarga javob beradi. Har ikki muassasada ham ta’lim-tarbiya o‘zbek va tojik tillarida olib borilyapti.

Yangi qurilgan sport maydonchasida barcha imkoniyat bor. To‘garaklar faoliyat boshladi. Bog‘ va gulzorlar tashkil etildi. 28 ta xonadonda uy to‘ylari bo‘lib o‘tdi. 120 ish o‘rniga mo‘ljallangan “Fafir” to‘qimachilik fabrikasi ochildi.

Aholiga qulaylik yaratish maqsadida davlat xizmatlari tuman markazi filiali tashkil etildi.

Hududdagi Tinchlik, Obodlik, Yoshlik ko‘chalariga asfalt yotqizildi.

Jitel Karakalpakstana nashel istoricheskie kuvshini u sebya na ogorode - Sputnik O‘zbekiston
Daladan topilgan qadimiy ko‘zalar hech kimga kerak emasmi?

Yangi qiyofa kasb etgan qishloqda tantanali tadbir o‘tkazildi. Unda so‘zga chiqqan davlat va jamoat tashkilotlari vakillari respublikada olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar odamlarni rozi qilish maqsadiga yo‘naltirilganligini alohida ta’kidladilar. Bu g‘oya tashkil etilgan badiiy chiqishlarda ham o‘z aksini topdi. Yangi qishloq xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va birodarlikning chin ma’nodagi ramziga aylanganini o‘zbek hamda tojik tillarida she’ru qo‘shiqlar baralla yangraganidan ham bilish mumkin edi.

Tadbirda Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sodiq Imomiy ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0