Daladan topilgan qadimiy ko‘zalar hech kimga kerak emasmi?

© MakanJitel Karakalpakstana nashel istoricheskie kuvshini u sebya na ogorode
Jitel Karakalpakstana nashel istoricheskie kuvshini u sebya na ogorode - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘istonlik dehqon o‘z tomorqasidan 20ta qadimiy ko‘za topib oldi, lekin ular qo‘shnilardan boshqa hech kimda qiziqish uyg‘otmadi.

TOShKENT, 10 dek – Sputnik. Qorakalpog‘iston Respublikasi Qanliko‘l tumani “Jana qala” OFYda yashovchi Babaqulov Menlibay dala qazish ilsharini olib borayotgan paytida tarixiy ko‘za topib oladi, deb yozmoqda Makan nashri.

Menlibay 12-oktabr kuni dalaning bir joyidan 20 dona uzunligi 40 santimetrli ko‘zalarni qazib olgan va shu zahotiyoq tuman hokimligiga xabar bergan.

Shundan keyin Nukus shahridan tarixchi G‘ayratdin Xojaniyazovni ham chaqirishadi. Olim ko‘zalardan namuna olib, ko‘zalar topilgan joyga yaqinlashmaslikni tayinlab ketadi.

Qiziq tomoni shundaki, ko‘zalar topilganiga salkam 2 oy bo‘lgan bo‘lsa hamki, hozirgacha hech kim ushbu tarixiy artefaktlarga qiziqish uyg‘otmadi. Nima bu tarixiy topilmalar hech kimga kerak emasmi?

Yangiliklar lentasi
0