TOShKENT, 10 dek - Sputnik. Stokgolm dunyo muammolarini tadqiq etish xalqaro instituti (SIPRI) Rossiya 2000-yildan boshlab ilk marotiba dunyoda qurol-yaroq sotish bo‘yicha ikkinchi o‘ringa chiqdi, deb xulosa qildi, RIA Novosti xabariga asosan.
Institut ma’lumotiga ko‘ra, 2017-yilda Rossiya qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchi yirik korxonalari savdosining umumiy hajmi 9,5 foizga yetgan.
Katta ilmiy xodim Simon Vezemanning ta’kidlashicha, 2011-yildan buyon Rossiya kompaniyalari o‘zlari ishlab chiqarayotgan qurol-yarog‘ savdo hajmini ancha ko‘paytirgan.
Tadqiqotchi ushbu o‘sish Rossiyada qurollanish modernizatsiya loyihasi doirasida bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi. Institut talqiniga ko‘ra, Rossiyaning yetakchi 100 ta kompaniyalaridan o‘ntasining umumiy savdosi 2017-yil mobaynida 8,5 foizga oshgan.
2002 yildan buyon Buyuk Britaniya dunyoda qurol-yaroq sotish bo‘yicha ikkinchi pog‘onani egallab kelmoqda edi, biroq dushanba kuni e’lon qilingan reytingda 9 foiz ulush bilan uchinchi pog‘onadan joy oldi. Bu sohada 57 foiz ulush bilan AQSh yetakchilik qilmoqda.
Shuningdek, PVO va PRO mahsulotlari ishlab chiqaruvchi Rossiya “Almaz-Antey” korxonasi ilk marotiba qurol-yarog‘ ishlab chiqaruvchi yirik korxonalar o‘ntaligiga kiritilgan.