TOSHKENT, 5 noya — Sputnik. Vladimir Putin Rossiya hukumatiga Oʻzbekiston bilan yetkizib berilgan harbiy mahsulotlardan maqsadga muvofiq ravishda foydalanishni nazorat qilib turuvchi shartnoma borasida muzokaralar oʻtkazishni topshirdi.
“Oʻzbekiston Respublikasi bilan, 2016 yilning 29 noyabrida imzolangan shartnoma asosida, yetkizib berilgan harbiy mahsulotlardan maqsadga muvofiq ravishda foydalanish va ularningmavjudligini nazorat qilib turish haqida shartnoma imzolash borasida Hukumat taklifi qabul qilinsin”, — deyilgan huquqiy hujjatlar rasmiy portalda eʼlon qilingan buyruqda.
Eslatib oʻtamiz, bunday shartnomalar xalqaro tajribada odatiy hol boʻlib, u bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga yetkizib berilgan qurol-yarogʻ va harbiy mahsulotlar, uchinchi tomonlar qoʻliga tushib qolmasligini nazorat qiladi.