TOSHKENT, 9 dek – Sputnik. Kanadaning Vankuver shahrida Figurali uchun boʻyicha boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Alina Zagitova ikkinchi oʻrinni egalladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Jahon chempionatida yakkaxon uchuvchi ayollar orasida birinchi oʻrinni kutilmaganda yaponiyalik yosh sportchi sportchi Rika Kixira egalladi. Ballar boʻyicha Rika Kixira 233,12 ball olib yangi jahon rekordini oʻrnatdi. Alina Zagitova - 226,53 ball va Yelizaveta Tuktamыsheva 215,32 ball jamladi.
Olimpiada chempioni Alina Zagitova “kaskadli tulup” nomli elementda xato qilgani uchun bir necha ball yoʻqotgan, shu sabab uning ballari kamaygan. Zagitovaning "Karmen" opera musiqasi asosida tayyorlangan dasturini quyida tomosha qilishingiz mumkin.
Olimpiada chempioni Alina Zagitova “kaskadli tulup” nomli elementda xato qilgani uchun bir necha ball yoʻqotgan, shu sabab uning ballari kamaygan.
Rossiyalik tajribali trener Tatyana Tarasova aytishiga qaraganda, muvaffaqiyatsizlikka sabab esa – sportchining boʻy oʻsishi bilan bogʻliq. Gap shundaki, Alina Zagitovaning boʻyi aynan hozir juda tez oʻsmoqda. Xususan, Pxenchondagi olimpadadan soʻng uning boʻyi 3 smga oʻsgan. Buning oqibatida biroz koordinatsiya yoʻqotish – bu tabiiy hol, dedi Tarasova. Tarasova fikriga koʻra, Zagitova musobaqalarga juda yaxshi tayyorgarlik koʻrgan.
Quyida musobaqa chempioni Rika Kixiraning chiqishini tomosha qilishingiz mumkin.