Alina Zagitova va Yevgeniya Medvedeva jahon rekordini yangilashdi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishOlimpiada 2018. Figurnoe katanie. Jenshini. Korotkaya programma
Olimpiada 2018. Figurnoe katanie. Jenshini. Korotkaya programma - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pxenchxanda bo‘lib o‘tayotgan 2018-yil qishgi Olimpiada o‘yinlarida figurali uchish bo‘yicha rossiyalik sportchilar jahon rekordini 10 daqiqa ichida ikki marotaba yangilashdi

TOShKENT,  21 fev – Sputnik. Rossiyalik figurali uchuvchi qizlar bugun Pxenchxanda  10 daqiqa ichida jahon rekordini ikki marotaba yangilashdi.

O‘zbekiston Qishki Olimpiada o‘yinlarida: kecha va bugun - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Qishki Olimpiada o‘yinlarida: kecha va bugun

“Qisqa dastur” deb nomlangan musobaqada dastlab Yevgeniya Medvedeva 81,61 ball bilan jahon rekordini yangiladi. Shu o‘rinda aytish joyizki oldingi jahon rekordi ham Medvedeva tomonidan 11-fevral kuni ushbu Olimpiadaning jamoa musobaqalarida o‘rnatilgan edi.

Yangi jahon rekordi o‘rnatilganidan bir necha daqiqa so‘ng muz ustiga chiqqan 15-yoshli sportchi Alina Zagitova ham o‘zining “Qisqa dasturini” a’lo arajada ijro etdi. “Qora laylak” kompozitsiyasini ijro etgan Zagitovaga hay’at a’zolari 82,92 ball berishdi.

“Jahon rekordidan juda xursandman. Mening dasturim eng murakkab ekanligi hech kimga sir emas. Agar uni yaxshi ijro etsam yaxshi ball olishim aniq edi. Bugun buning uddasidan chiqdim. Medvedeva bilan raqobat haqida, shuni aytmoqchimanki — Biz birinchi navbatda do‘stlarmiz”, — dedi Zagitova jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kuno ldin figurali uchish bo‘yicha jamoalar bellashuvida Medvedeva va Zagitovalar kumush medal sovrindori bo‘lishgan edi.

Qishgi Olimpiada o‘yinlarida figurali uchish bo‘yicha yakuniy musobaqa – “Ixtiyoriy dastur”  23 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangiliklar lentasi
0