"Islohotlar, sudyalar va pensiya": Mirziyoyev Konstitutsiya bayramida nimalar haqida gapirdi

Obuna bo‘lish
Prezident o‘z chiqishi davomida, sudyalar adolatli bo‘lmog‘i shartligi, taraqqiyotni yo‘lini to‘sadigan illat - korrupsiyaga qarshi har bir davlat idorasida maxsus komissiya tashkil etilishi, fuqarolarda huquq madaniyati sustligi va buning ustida katta ishlarni amalga oshirish lozimligi haqida gapirdi.

TOShKENT, 8 dek - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 26-yilligi munosabati bilan poytatdagi Forumlar saroyida tantanali yig‘ilish o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev pered zasedaniyem soveta glav gosudarstv - chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev: mintaqalar, shaharlar, qishloqlar va odamlarni o‘zgartirayotgan prezident

Mirziyoyev o‘z nutqi avvalida O‘zbekiston 26-yil davomida bosib o‘tgan g‘oyat murakkab va sharafli yo‘l Bosh qomus - Konstitutsiyaning hayotbaxsh kuchi va ulkan salohiyatidan dalolat berishini qayd etdi.

"Asosiy qonunimiz negizida yaratilgan Harakatlar strategiyasi bugungi kunda jonajon Vatanimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishda, innovatsion va industrial rivojlanish sari odimlashda beqiyos o‘rin egallamoqda. Xalq bilan doimiy muloqotda bo‘lish, odamlarning tashvish-muammolarini hal etish, ularni rozi qilish faoliyatimiz mezoniga aylanmoqda. Boshlagan ulkan islohotlarimizni samarali amalga oshirishda ushbu masalalarning ahamiyati kun sayin tobora ortib borayotganini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda", - dedi davlat rahbari.

Mirziyoyev aynan shu sababli Bosh qonunni chuqur o‘rganish, anglash, hayotga joriy etish va unga so‘zsiz amal qilish – barcha O‘zbekiston fuqarolarining sharafli burchi ekanligini, fuqarolar qonunlarni buzishdan ko‘ra, ularga amal qilishdan manfaatdor bo‘lishlari lozimligini qayd etdi.

Prezident o‘z chiqishi davomida ko‘plab muammolarga to‘xtaldi. Xususan, eskicha ishlayotgan rahbarlar hali ko‘pligi, sudyalar adolatli bo‘lmog‘i shartligi, taraqqiyotni yo‘lini to‘sadigan illat - korrupsiyaga qarshi har bir davlat idorasida maxsus komissiya tashkil etilishi, fuqarolarda huquq madaniyati sustligi va bu borada hali katta ishlar amalga oshirilishi lozimligi haqida.

Prezident shuningdek, kelgusi yildan pensiya miqdori oshirilishi va ishlayotgan pensionerlarga pensiya to‘liq to‘lanishi haqida ham aytdi.

O‘zbekiston rahbari shuningdek, o‘z nutqida jamiyatda hanuzgacha boqimandalik kayfiyati butunlay barham topmaganiga e’tiborni qaratdi.

Yarmarka vakansiy v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda vaqtinchalik mehnat patenti joriy etilishi mumkin

"Barchamiz bir narsani tushunib olishimiz kerak: yaxshi yashash uchun eng avvalo yaxshi mehnat qilish, huquq va erkinlik bilan birga, javobgarlik va mas’uliyatni ham chuqur his etishimiz zarur. Bunga erishish esa, faqat va faqat o‘zimizga bog‘liq. Ko‘zlagan marralarimiz qanchalik yuksak va mashaqqatli bo‘lmasin, ularga yetish uchun barcha imkoniyatlarimiz mavjud. Ajdodlarimiz merosi, xalqimizning ilmiy va bunyodkorlik salohiyati hamda tadbirkorlik fazilati bizga bu yo‘lda beqiyos kuch-qudrat manbai bo‘lib xizmat qiladi. Biz xalqimizning farovon hayotini, farzandlarimizning yorug‘ kelajagini ta’minlash uchun bundan buyon ham bir tanu bir jon bo‘lib, bor salohiyat, bilim va tajribamizni safarbar etishimiz lozim", - dedi Mirziyoyev.

O‘zbekiston prezidenti yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlash, o‘g‘il-qizlarning ilmga, hunarga bo‘lgan intilishlarini har tomonlama kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash kelgusida ham islohotlar markazida bo‘lishini ta’kidladi.

"Biz tashqi siyosatimizda uzoq va yaqin qo‘shnilarimiz bilan do‘stlik aloqalarini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylab, barcha sohalarda o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantiramiz. Chunki bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon hayotning, do‘stona hamkorlik esa – taraqqiyotning kafolatidir!", - dedi O‘zbekiston rahbari va barchani Konstitutsiya kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Yangiliklar lentasi
0