TOShKENT, 7 dek – Sputnik. Internet tarmog‘ida Toshkentda yo‘l o‘rtasida yonayotgan mashinani tasvirga olingan video paydo bo‘ldi.
Facebookdagi “Voditeli Tashkentda” guruhi foydalanuvchilari ma’lum qilishicha, bu voqea bugun Qushbegida sodir bo‘lgan.
Videoga qaraganda, yonayotgan mashina - Chevrolet Cobalt bo‘lgan.
Internet foydalanuvchisi Toshkentning ko‘chalardan birida oq rangli avtomashina yonishi holatini tasvirga olingan videoni joylashtirdi.
Videoda mashina chorrahada turgani, uning salonini to‘liq yong‘in boskani, ustida esa qora tutun ko‘tarilayotganligini ko‘rish mumkin.
Hozircha favqulodda xizmat saytlarida bu holat bo‘yicha ma’lum yo‘q. Shuning uchun yong‘in sabablari to‘g‘risida faqat taxmin qilish mumkin.
Ayni vaqtda o‘zbekistonlik internet foydalanuvchilari ushbu holatni qizg‘in muhokama qilib, yong‘in kelib chiqishiga ikkita sabab ko‘rsatishgan: birinchisi gaz, benzin yoki metan portlashi, ikkinchisi esa elektr sim tutashuvi.
Foydalanuvchilarning izohlarida mashina salonlariga registrator, audio-video qurilmalarini o‘rnatayotganda juda ehtiyot bo‘lish kerakligi aytilgan.