Hodisalar

Oʻzbekistonda 11 oy davomida sodir boʻlgan yongʻinlar oqibatida yuzdan ortiq kishi halok boʻldi

© GUVD g. TashkentaPojar v zdanii supermarketa "Kristall" v Yunusabadskom rayone Tashkenta
Pojar v zdanii supermarketa Kristall v Yunusabadskom rayone Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, shu yilning oʻtgan 11 oyi davomida respublika 309 nafar kishi tan jarohati olgan. Sodir boʻlgan yongʻinlar ayrim yoʻnalishlarda kamayishiga erishilgan.

TOSHKENT, 7 dek - Sputnik.  Joriy yil oʻtgan 11 oyi davomida respublika hududida jami 10680 ta yongʻinlar qayd etilgan. Ular oqibatida 106 kishi halok boʻlgan. Oʻzbekiston IIV Yongʻin xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga asosan.

Yongʻinlar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 680 taga (6 foizga), yongʻinlarda insonlarning halok boʻlishi 27 taga (20 foizga) va tan jarohati olishi 49 taga (14 foizga) kamaygan. Ushbu yongʻinlarda 73 nafar insonlar qutqarib qolingan.

Gosslujba pojarnoy bezopasnosti Uzbekistana obzavelas sobstvennыm saytom - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati sayti ishga tushdi

Shuningdek, materiallarni ochiq saqlash joylarida 30 foizga, omborxonalarda 27 foizga, oʻquv yurtlarida 19 foizga, madaniy-tomosha muassasalari, davolash muassasalari va ishlab chiqarish tsexlarida 15 foizga, maʼmuriy-jamoat muassasalarida 14 foizga, shuningdek, yongʻinlarning kelib chiqish sabablari boʻyicha: texnologik protsessini buzilishi oqibatida 37 foizga, bolalar shoʻxligidan 10 foizga, ochiq olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish va texnologik xodisalar oqibatida hamda qasddan oʻt qoʻyishdan 9 foizga, transport vositalaridan foydalanish
va tuzilish qoidalarini buzilishidan 5 foizga, elektr uskunalaridan foydalanish qoidalarini buzilishidan 4 foizga kamayishiga erishilgan.

Yangiliklar lentasi
0