TOShKENT, 28 noya - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin “VTB Kapital” “Rossiya zovot” investitsion forum chog‘ida Ukraina harbiy-dengiz kuchlari kemalarining Rossiya chegarasini buzib kirishi hodisasi bo‘yicha izoh berdi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Putin Kerchdagi hodisani Kiyevning siyosiy dushmanlariga bosim o‘tkazish maqsadida nopok o‘yin ekanligi va oldindan tayyorlangan provokatsiya alomatlari mavjudligini ta’kidladi.
Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, bu Ukrainada harbiy holat joriy qilish uchun bahona bo‘lishi mumkin.
Shuningdek, Putin Ukraina kema ekipajlari orasida ikki nafar Ukraina xavfsizlik xodimlarini bo‘lganini eslatib o‘tdi. Ular aslida operatsiyani boshqarishgan.
Rossiya rahbari bu voqeaning Rossiya va Ukraina munosabatlarini barqarorlashtirish harakatlari bilan hech qanday aloqasi yo‘q, deb ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, 25-noyabr kuni ertalab Ukraina harbiy-dengiz kuchlarining “Berdansk”, “Nikopol” va “Yani Kapu” kemalari Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tib, mamlakatning hududiy suvlariga kirgan. Qora dengizdan Kerch bo‘g‘ozi bo‘ylab harakat qilishgan. Ular Rossiya harbiylarining talablariga bo‘ysunishmagan va natijada qo‘lga olingan.
Chorshanba kuni dengizchilarga ayblov qo‘yildi.