Dushanbeda migrantlar muammolari to‘g‘risida film namoyish etildi

© Sputnik / Amir IsayevZima v Dushanbe
Zima v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tadbir Xalqaro migrantlar kuniga bag‘ishlangan. Har yil 18-dekabr kuni Xalqaro migrantlar kuni sifatida nishonlanadi.

TOShKENT, 7 dek - Sputnik. Dushanbeda dekabr oyida migratsiya to‘g‘risida kino festivali bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston.

Tadbir Xalqaro migrantlar kuniga bag‘ishlangan. Kecha festivalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tomoshabinlar e’tiboriga “Xuddi o‘sha qayiqda” ("Na odnoy i toy je lodke") hujjatli film havola qilindi. Mazkur film O‘rta yer dengizidagi migrantlar hayoti haqida hikoya qiladi. Festival 18-dekabrgacha davom etadi.

Birinchi festival mamlakatda o‘tgan yili bo‘lib o‘tgandi. Rejissorlar muxlislarga 4 ta hujjatli filmni taqdim etishgandi.

Rejissor Pavel Bardinning «Salam, MASKVA” filmidan lavha - Sputnik O‘zbekiston
"Salam, Maskva": Rossiya migrantlar haqida serial suratga oldi

Migratsiya zamonamizning dolzarb mavzularidan biridir, xususan, Markaziy Osiyo davlatlari uchun dolzarbligicha qolmoqda. O‘zbekiston bu yo‘nalishda muntazam ishlar olib borib, o‘z fuqarolari qabul qiluvchi davlatlar bilan hamkorlikni keng yo‘lga qo‘ymoqda, jumladan, migratsiya sohasida.

Joriy yil noyabr oxirida O‘zbekiston migratsiya bo‘yicha Xalqaro tashkilotning 173-chi a’zosiga aylandi. Xalqaro migratsiya tashkiloti Toshkentda va Termezda o‘z vakolatxonalarini ochishni rejalashtirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0