TOSHKENT, 1 iyul — Sputnik. Rossiya "Birinchi" kanalida rejissyor Pavel Bardin tomonidan suratga olingan "Salam, Maskva" seriali namoyish etiladi, deb xabar berilgan telekanal saytida.
"Soʻnggi yillarda Rossiyaga millionlab migrantlar tashrif buyurdi. Rustam va Sanya — Rossiya politsiya xizmati xodimlari. Serialning har bir qismi mana shu ikki hamroh olib boradigan jinoyat qidiruv ishlari haqida hikoya qiladi", — deyilgan sayt xabarida.
"Salam, Maskva" kartinasi Moskvaga kelayotgan migrantlar va politsiyaning etnik jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi maxsus boʻlinmasi haqida hikoya qiladi. Filmda oʻzbekistonlik aktyorlar ham suratga tushgan. Film ijodkorlari soʻzlariga qaraganda, serialda suratga tushish uchun aktyorlarga uch oy davomida vyetnam tilini oʻrganishga toʻgʻri kelgan. Vyetnamliklar rolini shuningdek, Buryatiya va Tuvalik aktyorlar ijro etishgan.
Serialda har bir millat orasida yaxshi insonlar bilan bir qatorda jinoyatchilar ham boʻlishi mumkinligi, shu bois, "kelgindilar" bilan emas, balki, millat tanlamaydigan, Moskva ahli bilan bir qatorda, poytaxt mehmonlariga ham xalal beradigan jinoyatchilikka qarshi urush olib borish lozimligi gʻoyasi ilgari surilgan.