Avtomobilda yo‘lovchi va yuk tashish elektron rasmiylashtiriladi

© Sputnik / Anton KurilkinAvtomobil "Damas"
Avtomobil Damas - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yil 1-apreldan boshlab litsenziya va litsenziya kartochkalarini elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etiladi.

TOShKENT, 7 dek – Sputnik. Hukumat qarori bilan Avtomobil transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Platnaya doroga Dushanbe – Chanak v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘llari paydo bo‘ladi

Qarorga ko‘ra 2019-yil 1-apreldan boshlab litsenziya va litsenziya kartochkalarini elektron shaklda rasmiylashtirish tizimi joriy etiladi.

Litsenziya cheklanmagan muddatga beriladi.

Litsenziya talabgorining arizasiga ko‘ra umuman faoliyat turiga yoki uning qismlariga beriladi. 

O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi - O‘zbekiston Respublikasida yo‘lovchi va yuklarni xalqaro tashishga oid, Agentlikning hududiy boshqarmalari esa shahar, shahar atrofi, shaharlararo yo‘lovchi va yuklarni tashishga oid litsenziya berish, uning amal qilishini to‘xtatib turish yoki to‘xtatish, shuningdek, uni bekor qilish va qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilish vakolatiga ega.

Yangiliklar lentasi
0