O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘llari paydo bo‘ladi

© Sputnik / Etvesh StasPlatnaya doroga Dushanbe – Chanak v Tadjikistane
Platnaya doroga Dushanbe – Chanak v Tadjikistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Pullik avtomobil yo‘llar faqat bepul muqobil yo‘llar bor bo‘lgan yo‘nalishlarda paydo bo‘ladi.

TOShKENT, 31 okt - Sputnik. O‘zbekistonda pulli avtomagistrallar paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqida Ichki ishlar vazirligi tomonidan taklif qilingan qonun loyihasida aytib o‘tilgan. 

Unda aytilishiga ko‘ra, 2020-yil 1-yanvardan boshlab respublikada bosqichma-bosqich ravishda pullik avtomagistrallar qurila boshlaydi. Pullik magistrallarni davlat-xususiy sherikchiligi (DXSh) asosida qurish taklif qilinmokda.  Pullik avtomobil yo‘llar faqat bepul muqobil yo‘llar bor bo‘lgan yo‘nalishlarda paydo bo‘ladi.

Tadbirkorlar, investitsion majburiyatlarini kabul kilish evaziga, avtomobil yo‘lning bir qismini olishlari mumkin. Pullik yo‘llarda, bepul yo‘lga qaraganda soatiga 20 km tezroq harakatlanishga ruxsat beriladi. 

Shuningdek, ishbilarmonlar kunduzgi va kechki vakt uchun o‘zgaruvchan tariflarni kiritishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0