“O‘zbekkonsert” yetti nafar xonandaning videoklipini rad etdi

Obuna bo‘lish
Kengashda 16 nafar xonandalar tomonidan taqdim etilgan videokliplar ko‘rib chiqildi.

TOShKENT, 6 dek – Sputnik. Joriy yil 5-dekabr kuni “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo‘shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholash badiiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Pevitsa Yulduz Usmanova - Sputnik O‘zbekiston
Har bir qo‘shig‘imga javob beraman, sen esa soqolingni yig‘ishtir: San Jayga videomurojaat

Kengashda 16 nafar xonandalar tomonidan taqdim etilgan videokliplar ko‘rib chiqildi.

“Nihol” mukofoti sovrindorlari Iroda Dilrozning  “O‘g‘lim”, Sharof Muqimovning “Qora ko‘zlar”, xonandalar Zilola Musayevaning (Shaxzoda) “Men o‘sha”, Otabek Muhammadzohidning “Ona”, Qilichbek Madaliyevning “Sevgi”, Jasur Mavlonovning “Netay” qo‘shiqlariga ishlangan videokliplari muhokama qilinib efirga uzatishga tavsiyalar berildi.

“Maroqand” guruhining “Torimning siri”, Elvin Mirzezade va Shaxrizoda Ahmedova bilan ijro etgan “Hasrat” qo‘shiqlariga olingan videokliplariga istisno tariqasida ruxsat berildi.

Xonandalar Jahongir Poziljonov va Dilafro‘z Hayitmetovalar ijro etgan “Mehmonim” dueti,  Sevara Yusupovaning (Sevara taxallusi bilan efirga chiqayotgan)  “Uzun yo‘l”, Mahliyo Omonning “Farg‘onadan”, Jahongir Otajanovning “Qaddi baland”, Doston Ubaydullayevning “6-xonadon”, Alisher Zokirovning “Mayli, mayli” qo‘shiqlariga olingan videokliplari muhokama qilinib, ularda ba’zi juz’iy kamchiliklar ko‘zga tashlangani sababli rad etildi.

“Xonandalar Badiiy Kengashga a’zolari tomonidan rad etilgan videokliplardagi qo‘shiq matni, musiqasi, videoklip dasturi (ssenariysi)ning g‘oyaviy-badiiy saviyasiga alohida e’tibor qaratib, ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib Badiiy Kengashga qayta topshirishlari mumkinligini ma’lum qilamiz”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyida O‘zbekistonda “Letnie dojdi” klipi uchun Shahlo Ahmedovaning litsenziyasi to‘xtatilgandi.

Xonanda Ahmedovaning “Letnie dojdi” deb nomlangan videoklipida milliy ma’naviyatga yot bo‘lgan, tomoshabinlarning e’tiborini jalb etish uchun xalq mentalitetiga zid, sharqona odob-ahloq meyorlariga to‘g‘ri kelmaydigan harakatlardan ham tap tortmay,  yigit va qizning ishqiy kechinmalarini ochiq-oshkora ifoda etib, buni andishasizlarcha tasvirga olib keng ommaga namoyish etilgan deb topilgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0