Har bir qo‘shig‘imga javob beraman, sen esa soqolingni yig‘ishtir: San Jayga videomurojaat

Obuna bo‘lish
“Qo‘shiqlarimni o‘zim yozib kelaman. 30-yildan beri har bir qo‘shig‘imga, har bir satriga o‘zim nuqta qo‘yib kelyapman”, - deydi Usmonova.

TOShKENT, 29 noya – Sputnik. Internetda San Jay mahalliy OAVlardan biriga bergan intervyu videosi tarqaldi. Unda O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaning “Qirolichaman” nomli qo‘shig‘ining g‘oya muallifi San Jayning o‘zi ekanini aytadi.

Konsert Yulduz Usmanovoy v amfiteatre  - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston IIV Yulduz Usmonova to‘yda qo‘riqchilar qurshovida kuylashi holati bo‘yicha izoh berdi

Yulduz Usmonova San Jayning so‘zlariga video murojaat bilan javob beradi.

“G‘oya meniki deb aytasanmi? So‘z, g‘oya ham seniki emas. Qo‘shiqlarimni o‘zim yozib kelaman. 30-yildan beri har bir qo‘shig‘imga, har bir satriga o‘zim nuqta qo‘yib kelyapman. Etagimga osilganlar e’tiboriga aytapman. Har xil saytlar o‘ziga reklama qilish uchun san’atkorlarni bir-biri ustiga tushirish har xil narsalar qilishadi ”, – dedi Usmonova.

Usmonova g‘oyalar ko‘p, g‘oyani yetkazib aytadigan odam yo‘q deya so‘zini davom etadi.

Yulduz Usmonova qo‘shiqchi San Jay imiji haqida ham aytib o‘tadi.

“Bu soqolli bolani tanimadim. Lekin soqolni sal yig‘ishtirib, o‘zini o‘nglab olib yursa yaxshi bo‘lar edi. “O‘zbeknavo” ham qayerga qarayapti, bilmadim. San’atkorlar soqol qo‘yishi noto‘g‘ri. Sen san’atkor bo‘lsang, juda ham ideyaga boy bo‘lsang, sen nega unaqa qilib yuribsan? Ikkinchidan gapingni o‘ylab gapir”, – deb qo‘shimcha qildi Usmonova.

Yangiliklar lentasi
0