Jamiyat

Oʻzbekistonda "Halol" standarti rasman joriy etildi

© Sputnik / Maxim Bogodvid /  / Mediabankka oʻtishXalyalnaya produktsiya rossiyskogo proizvodstva
Xalyalnaya produktsiya rossiyskogo proizvodstva - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Standartlarning joriy etilishi mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun sotuv bozorlarini kengaytirish va turizm sohasida ziyorat turizmini rivojlantirishga koʻmak beradi

TOSHKENT, 9 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda ISO 22000 va "Halol" standartlari rasman joriy etildi. Bu haqda Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi ("Oʻzstandart") xabar berdi.

Kolbasa Rozmetov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston korxonasi xalqaro "Halol" sertifikatini oldi

Respublikada xalqaro standartlarni joriy qilish va amalda qoʻllash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi 2017 yil 23 noyabrda Oʻzbekiston bosh vaziri oʻrinbosari tomonidan tasdiqlangandi.

"Halol" standartini joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida "Oʻzstandart" agentligi qarori bilan 2018 yil 1 fevraldan Oz DSt 3286:2018 davlat standarti "Halol" oziq-ovqat mahsulotlari boʻyicha umumiy qoʻllanma joriy etildi. Yaqin vaqt ichida "halol" mahsulotlarni sertifikatlashtirish organlari uchun tegishli yoʻriqnoma chiqadi.

ISO 22000 standartlari bu oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi menejment tizimi uchun xalqaro standartlar turkumidir.

"Halol" standartlarida mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash, tashish, sotish va markalash jarayonlari islom qoidalariga muvofiq boʻlishi talab etiladi.

Agentlikning qayd etishicha, standartlarning joriy etilishi mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun sotuv bozorlarini kengaytirish va turizm sohasida ziyorat turizmini rivojlantirishga koʻmak beradi.

Yangiliklar lentasi
0