TOShKENT, 5 dek - Sputnik. Forbes jurnali dunyoning eng nufuzli yuz nafar ayollar ro‘yxatini tuzdi.
64 yoshli Germaniya kansleri Angela Merkel sakkizinchi marta ro‘yxatning yetakchisiga aylandi. 62 yoshli Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey ikkinchi pog‘onadan o‘rin olgan. Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristin Lagard uchinchi pog‘onasini zabt etgan.
Yetakchilar beshligidan General Motors bosh direktori Meri Barra va Fidelity Investments kompaniyasi raisi va prezidenti Ebigeyl Jonson joy olgan.
Forbes ro‘yxatida amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfri 20-o‘rin, Britaniya qirolichasi Yelizavetta II 23-o‘rin, AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivanka Tramp 24-o‘rinni egallashdi.
Rossiya Markaziy bank raisi Elvira Nabiullina 49-pog‘onani egallab, bu yilgi reyting ro‘yxatiga kiritilgan yagona rossiyalik ayol bo‘ldi. U amerikalik qo‘shiqchi Beyonse (50-o‘rin) va YeI diplomatiya rahbari Federika Mogerinini (67-o‘rin) ortda qoldirdi.
2017 yil ilk bor reyting ro‘yxatiga kiritilgan RT bosh muharriri Margarita Simonyan, 2018-yil reyting ro‘yxatiga kiritilmagan. O‘tgan yil u 52-o‘rindan joy olgandi.