TOShKENT, 20 noya - Sputnik. Samarqandlik olima Laylo Belyalova VVS koorporatsiyasi tomonidan tuzilgan 2018-yilning eng nufuzli ayollari ro‘yxatiga kiritildi, kompaniya saytiga asosan.
Ekspertlarning ta’kidlashicha, Laylo O‘zbekistonning tog‘ ekotizimlari biologik xilma-xilligini saqlab qolish ustida ishlayotgan va turli xil qushlarni, shu jumladan, yirtqichlarni himoya qiluvchi universitet o‘qituvchisi. Ayni damda 61 yoshni qarshi olgan.
Bundan tashqari, ro‘yxatga qirg‘izistonlik Alina Anisimova – 2018-yil bahor oyida Kloop.kg. sayti ochgan qizlar uchun yo‘ldosh qurish bo‘yicha maktab murabbiyi kiritilgan. U eng yosh ishtirokchi. U endiga 19 yoshga qadam qo‘ygan.
Belyalova va Anisimovadan tashqari, ekspertlar rossiyalik, ozarbayjonlik va ukrainalik ayollarni ham dunyoning eng nufuzli ayollar ro‘yxatiga kiritishgan.