TOShKENT, 22 noya – Sputnik. Speedtest Global Index kompaniyasi internet tezligi bo‘yicha mamlakatlar reytingini yangiladi.
Kompaniya 2018-yil oktabr oyi uchun ma’lumotlarni o‘z saytida e’lon qildi.
Hisobotga ko‘ra, mobil internet tezligi bo‘yicha O‘zbekiston 110-chi, optik tolali internet tezligi bo‘yicha esa 112-chi o‘rinlarni band etdi.
Reyting mualliflari hisobiga ko‘ra, mobil internet bo‘yicha Tojikistonni oxirgi 124-chi o‘ringa o‘tkazishdi. Afg‘oniston esa 123-chi o‘rinda.
Markaziy Osiyo davlatlaridan mobil internet tezligi bo‘yicha Qozog‘iston 74-chi, Qirg‘iziston – 94-chi o‘rinda.
Rossiya esa 80-chi o‘rindan joy oldi.
Reytingning birinchi o‘rindagi qatorlarni Norvegiya, Islandiya va Singapur egallab oldi.
Shuningdek, reytingda simli internet tezligi ham berilgan. Tojikiston ushbu ro‘yxatda yo‘q. Qozog‘iston 58-chi, Rossiya 44-chi, esa Qirg‘iziston 79-chi o‘rinda.